Industrial oʻsish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Industrial oʻsish''', industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, ogʻir sanoatning ilgarilab yuksalib borishi. I. oʻ. mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini i. ch. ning ustun boʻli-shi, agrar yoki agrarindustrial mamlakatning industrialagrar yoki industrial rivojlangan mamlakatga aylanishini taʼminlaydi. I. oʻ. mamlakat xalqxoʻjaligi taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bu obʼyektiv qonuniyat boʻlib, sanoat siyosatining mahsulidir. I. oʻ. ikti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. I. oʻ. ning oʻziga xos xususiyati, surʼati, mablagʻ manbalari, maqsadlari va ijtimoiy oqibatlari har bir mamlakatning tarixiy va iqtisodiy shartsharoitlari, hukmron ishlab chiqarish (mulkchilik) munosabatlari b-nbilan belgilanadi. I. oʻ. ni ifodalovchi asosiy belgi — bu xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan ogʻir sanoatning yuksalishidir. Ogʻir sanoat i.ch. vositalari — metall, koʻmir, neft, gaz, elektr energiyasi; i.ch. kurollari, mashina va mexanizmlar, turli jihozlar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqaradi.
 
I. oʻ. dastlab 18-a. ning oxiri va 19a. ning 1 -choragida dastlab Bukj Britaniyada, soʻngra Yevropaning boshqa mamlakatlari va AQSH da yuz bergan sanoat toʻntarishi davomida amalga oshirildi. 18-a. 60—70-y. larida Angliyaning toʻqimachilik sanoatida dastlab yigiruv, soʻngra toʻquv mashinasi kashf etildi va ular gazlama chiqaradigan korxonalarda qoʻllanildi. Sanoat rivojlanishi davomida mayda tovar i.ch. va qoʻl mehnatiga asoslangan manufakturani siqib chiqargan f-ka — z-d tipidagi sanoat paydo boʻldi, oʻsha davr rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Tarixiy tajribalarning koʻrsatishicha, I. oʻ. odatda, yengil sanoatdan boshlanadi, bu soha ogʻir sanoat tarmoqlariga qaraganda kapital quyilmalarni kamroq talab etadi, kapitalning ayla-nuvchanligi tez boradi va foyda koʻp olinadi. I. oʻ. ning birinchi bosqichida yengil sanoatning ustun oʻsishi AQShda 19-a. ning 1-yarmida, Rossiya va Yaponiyada 20-a. ning boshlariga qadar davom etgan.
 
19-a. ning 2-yarmi koʻpgina mamlakatlarda yirik mashinalashgan i.ch. ning ulkan oʻsishi b-nbilan tavsiflanadi. I.ch. vositalarini i.ch. isteʼmol buyumlarini i.ch. ga nisbatan yetakchi oʻrinni egalladi. Bu esa kengaytirilgan takror i.ch. ning zaruriy sharti edi.
 
I. oʻ. tufayli 20-a. ning 50-y. laridan boshlab hoz. zamon fan-texnika rev-yasi keng avj oldi. U i.ch. da eng yangi, mukammal mashinalar, texnologik jarayonlar, energiya manbalari va materiallardan foydalanishni taqozo etdi. Bu davrda yuz bergan I. oʻ. ayrim taraqqiy etgan mamlakatlar-gagina va ayrim sohalargagina xos boʻlgan. Yadro energiyasini egallash, kosmosni oʻzlashtirish, kimyo sanoa-tini rivojlantirish, i.ch. ni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish eng rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirildi.
Qator 13:
Oʻzbekiston hududida I. oʻ. ning boshlanishi 20-a. ning 20—30-y. lariga toʻgʻri keladi. Bu davrda respublikada neft, elektr energiyasi, q.x. mashinalari, mineral oʻgʻitlar va qurilish materiallari i.ch. ga asos solindi. Sanoatda industrial iqtisodiyotiga xos yangi proporsiyalar yuzaga keldi. 1940 y. umumiy sanoat mahsuloti hajmida ogʻir sanoatining oʻsishi 13,3% ga koʻtarildi (1913 y. da 2%).
 
2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga Rossiyaning gʻarbiy r-nlaridan 100 ga yaqin yirik sanoat korxonalari tuda yoki qisman koʻchirib keltirildi; bular orasida samolyotsozlik, elektr-texnika z-dlari, metallurgiya kombinati va q. x. mashinasozlik korxonalari va b. bor edi. 20-a. ning 50-y. lari boshida Oʻzbekistonda I. oʻ. nafaqat ogʻir sanoatning rivoji, balki q. x., yengil va oziq-ovqat sanoatning taraqqiyoti b-nbilan ham chambarchas bogʻliq boʻlgan oʻsishga aylandi. Bu davrda ham sanoatning ayrim sohalari yuzaga keldi, shakllandi va rivojlandi.
 
20-a. ning 90-y. lariga kelib, ayniqsa mustaqillikning dastlabki yillarida, barcha postsovet davlatlarida boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham eski respublikararo xoʻjalik aloqalarining uzilishi, yangilarining hali shakllanib ulgurmaganligi va bozor iktisodiyotiga oʻtish munosabati b-nbilan chuqur tuzilmaviy qayta qurishlarni amalga oshirish zaruriyati tufayli I. oʻ. da bir qator qiyinchiliklarga roʻbaroʻ kelindi. Chuqur oʻylangan islohotlar strategiyasi tufayli keyingi yillarda I. oʻ. da ancha tez surʼatlarga erishildi. Mac, 1999 y. da sanoat mahsuloti i. ch. 5,8% ga, 2000 y. da 6,4% ga, 2001 y. da esa 8,1% ga koʻpaydi. I. oʻ. tufayli mamlakat energetika, oziq-ovqat boʻyicha mustaqillikka erishdi. Bunday oʻsish 21-a. bo-shiga kelib Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotida munosib oʻrin egalla-shiga imkoniyat yaratdi. Respublika sa-noatida 1645 ta oʻrta va yirik i. ch. birlashmalari va korxonalari ishlaydi (2000).
 
Industrial taraqqiyotning 21-a. boshlariga xos asosiy xususiyati shundan iboratki, rivojlanayotgan mamlakatlarda I. oʻ. sanoati taraqqiy etgan davlatlar koʻmagida davlat, yirik banklar, sanoat kompaniyalari ishtirokida investitsiyalar kiritish, texnologiyalar, nou-xauni berish, qoʻshma korxonalar shaklida sanoat majmualarini qurish va b. shakllarda ham amalga oshirilmoqda (q. [[Ogʻir sanoat]], [[Sanoat]], [[Xalqaro mehnat taqsimoti]], [[Jahon xoʻjaligi]]).