Inersiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
Inersiya bosh oʻqlari. Markazdan qochma I. momentlari nolga teng boʻlgan oʻqlar I. bosh oʻqlari deyiladi. Fazodagi har bir nuktadan jism uchun uchta I. bosh oʻqi oʻtkazish mumkin. Agar I. bosh oʻqlari massa markazidan oʻtsa, bu oʻqlar markaziy bosh oʻqlar deyiladi. Aylanayotgan jism oʻz aylanish oʻqiga dinamik bosim koʻrsat-masligi uchun shu aylanish oʻqi I. markaziy bosh oʻqi boʻlishi zarur.
 
Inersiya kuchi. Harakatdagi moddiy nuqta tezlanishiga qaramaqarshi yoʻnalgan va shu moddiy nukta massasi b-nbilan tezlanishining koʻpaytmasi (Gʻ = —tyu) I. kuchi deyiladi. Bu yerda tezlanish inersial koordinatalar sistemasiga nisbatan olingan. Mas, matematik mayatnikda markazdan krchma I. kuchi moddiy nuqta harakatini cheklovchi ipga qoʻyilgan boʻlib, mv ga teng; bu yerda v — moddiy nukta tezligi, g— mayatnikuzunligi. I. kuchi tushunchasidan foydalanib, dinamika tenglamalari tuziladi, statika qonunlaridan dinamikada foydalanish mumkin. Moddiy nuqtaning nisbiy harakati koʻrilayotganda ham I. kuchi tushunchasidan foydalaniladi.
 
Inersiya markazi yoki massa markazi. Jismda yoki mexanik sistemada massa taqsimotini ifodalovchi nuqta koordinatalari I. markazi deyiladi. I. markazi, koʻpincha, massa markazi ham deyiladi. I. markazi mexanik sistema dinamikasida katta rol oʻynaydi. Sistemaga tegishli moddiy nuqtalar harakat miqdorlarining geometrik yigʻindisi sistema massasi b-nbilan I. markazi tezligi koʻpayt-masiga teng . I. massasi sistema massasiga teng moddiy nuqtadek harakatlanadi. I. markaziga qoʻyilgan kuch sifatida tashqi kuchlar bosh vektori olinadi.
 
Inersiya radiusi —jismning biror oʻqqa nisbatan hisoblangan I. momentini jism massasiga boʻlgan kvadrat ildizdan chiqarishdan hosil boʻladigan uzunlik: r = J— . I. radiusi inersiya yelkasi ham deyiladi. Massasi jism massasiga teng boʻlgan kovak silindr radiusini I. radiusi deyish mumkin. Shar markazidan oʻtgan oʻqqa nisbatan I. radiusi R = h0> 4L; R— shar radiusi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>