Infraqizil nurlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 5:
I. n. spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladi. Gʻalayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishidagina I. n. spektri chizikli boʻladi. Mac, simob atomlarining nurlanishi I. n. chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat. Gʻalayonlangan molekulalar yoʻl-yoʻl infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bogʻliq (q. [[Moleku-lyar spektrlar]]). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning I. n. spektri uzluksiz boʻladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) t-rasiga bogʻliq. Past t-ra (< 500°) dagi jism nurlanishining I. n. intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism I. n. manbai boʻla olmaydi. Eng koʻp ishlatiladigan I. n. manbai volfram tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi.
 
I. n. dan i. t. ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va koʻpgina amaliy masalalarni hal qilishda foydalaniladi (q. [[Infraqizil fotografiya]], [[Infraqizil qizdirish]]). I. n. b-nbilan qorongʻida obʼyektlarni suratga olish, oʻchib ketgan xatni tiklash (oʻqish), signallarni uzatish va q. k. ishlar bajariladi. I. n.ni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va foto-elektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan foydalaniladi. I. n. choʻgʻlanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil qiladi; baʼzi lazerlar oʻzidan I. n. chiqaradi.
 
Ergash Nazirov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>