Ipak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
{{Maʼnolari|Ipak (maʼnolari)}}
'''Ipak''', pilla tolasi — ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. I. ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) b-nbilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat. Bu tolada 70—75% fibroin (oqsil modda), 20—25% seritsin, 2—3% turli mineral moddalar, 1 — 1,5% mum va yogʻlar bor. Ipak qurtining turiga qarab, pilla tolasining uz. 400—1500 m, ingichkaligini ifodalovchi koʻrsatkich — metrik nomeri (№) 2500—3500 yoki 0,4—0,3 teks boʻladi. Bitta pilladan olinadigan tola juda ingichka boʻlgani sababli sanoatda ishlatilmaydi. Pillakashlik f-kasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchi topib, chuviladi. Tolalarning 5—10 tasi uzunasiga qoʻshib yigirilib, kalava holidagi xom ipak olinadi. Qaynatilgan pillaning ham-masidan I. chiqmaydi; pilla tolasining 10—15% gʻumbak b-nbilan birga qoladi.
 
Bu qoldiq pilla chiqindisidir. Ularni ham yigirib I. olinadi. Nam I. tolasining pishikligi 10—15% ga ka-mayadi. I. yaxshi elektr izolyasiya materiali hisoblanadi. I. olish uchun katta mehnat sarf boʻladi. Shu sababli I. qimmatbaho toʻqimachilik xom ashyosiga kiradi. I.dan shoyi toʻqish, pishitilgan ip tayyorlash va texnika, aviatsiya, kosmonavtika, elektrotexnika maqsadlarida foydalaniladi (q. [[Pillachilik]]). Zohidjon Obidjonov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>