Iqlimshunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Iqlimshunoslik''' - iqlim haqidagi fan. I. 2 tarmoqqa boʻlinadi: turli xil iqlimlarning tarkib topish sabablarini oʻrganadigan genetik I. (bu, odatda, umumiy I. deb ataladi) va iqlimning inson faoliyati obʼyektlariga va insonning oʻziga, shuningdek, turli tabiiy hodisalarga taʼsirini oʻrganadigan amaliy I. I. tabiiy geografik fanlar turkumiga Kirishi b-nbilan birga, meteorologiyannng bir boʻlimi boʻlganligi uchun geofizikata ham yaqin.
 
Genetik I.ning asosiy vazifasi iqlim paydo boʻlishida, shuningdek, turli joylardagi iqlim tafovutlari va iqlimning asriy hamda davriy oʻzgarib, takrorlanib turishida iqlim ho-sil qiluvchi omillarning rolini aniqlashdan iborat. Oʻrganish obʼyektlari va tadqiqot usullariga koʻra, genetik I.ni 5 boʻlimga ajratish mumkin: 1) issiqlik balansini oʻrganuvchi I. iqlim hosil qiluvchi jarayonlarning negizi hisoblangan Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga va atmosferaga tushishi va u joylarda sarf boʻlishini oʻrganadi; 2) sinoptik (yoki dinamik) I. iqlimning tarkib topishida atmosfera dirkulyasiyasining rolini oʻrganadi; 3) na-zariy I. matematikusullardan foydalanib, iqlim hosil qiluvchi omillarning koʻrsatkichlari (Yer yuziga is-siklik tushishi va sarflanishi, faol qatlamning fizik xususiyatlari va b.) va atmosferaning umumiy xususiyatlariga asoslanib, iqlim harakteristi-kasini aniqlaydi; 4) mikroiqlimshunoslik mikroiqlim va mahalliy iqlimning shakllanishiga yer usti xususiyatlarining (relyef, oʻsimliklar va b.) roli va taʼsirini oʻrganadi; 5) paleoiqlimshunoslik astronomiya, geol., arxeologiya axborotlaridan, yilnomalar va b.dan foydalanib, iqlimning uzoq oʻtmishdagi oʻzgarishlarini va ularning sabablarini oʻrganadi.