Iskandariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Iskandariya''', Aleksandriya — MAP shim.dagi shahar, Iskandariya muhofazasining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining gʻarbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996).
 
Mil. av. 332—331 y.larda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 — 30 y.lar) Misr poytaxti boʻlgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-a.da I. eng katta shaharlardan (Rimdan keyin) boʻlib, unda taxm. 1 mln. aholi yashagan. I.da dunyoda eng boy ku-tubxona boʻlgan [q. Aleksandriya (Iskan-dariya) kutubxonasi]. 7-a.da I.ni arablar egallagan. Qohira sh. qurilgach (961 y.), I.ning mavqei pasaydi. 1517 y. I. usmonli turklar tasarrufiga oʻtdi. Muhammad Ali davrida (19-a. boshlari) I.da katta qurilishlar amalga oshirildi; kemasozlik korxonasi qurildi va Mahmudiya kanali qazildi. 1856 y. I. b-nbilan Qohira oʻrtasida t. i. oʻtkazildi. Angliya Misrni bosib olgach (1882 i.), I.da chet el banklari, kompaniyalari, vakolatxonalari ochildi; portdan Angliya harbiy kemalari turadigan joy sifatida foydalanildi. Shahar Misr milliy ozodlik harakatlarining (20-a.ning 20—50-y.
 
lari) asosiy markazlaridan biri boʻlgan.
 
I. iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-oʻrinda. Yirik transport va savdo markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. MARning asosiy dengiz porti (okean kemalari ham kira oladi); kema katnaydigan Mahmudiya kanali orqali Nil b-nbilan bogʻlangan. Suvaysh sh.dan I.ga Qohira va Tanta orqali neft quvuri oʻtkazilgan. I. porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80% oʻtadi (yuk ortib-tushirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsozlik, neft, kimyo, sement, radio-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan.
 
I. eski shahar va yangi shahardan iborat. I.ning qad. qismida koʻchalar toʻgʻri toʻrtburchak asosida kesishgan (mil. av. 4-a.da yunon meʼmori Deynokrat loyihasi asosida bunyod etilgan); Pompey (yoki Diokletian) kolonnasi deb ataluvchi ustun, nekropollar, katakombalar saqlangan. I. b-nbilan damba (koʻtarma) orqali tutashtirilgan Faros o.da mil. boshlarida "dunyoning yetti moʻʼjizasi" dan biri sanalgan minora (mayoq) boʻlgan (hoz. uning oʻrnida arablar bunyod etgan qalʼa qoldiklari bor). I.ning yangi qismida keng koʻchalar, xushman-zara dengiz boʻyi, zamonaviy koʻp qavatli shinam binolar, savdo muassasalari, dengiz vokzali, masjidlar, qasr-muzeylar (Ras at-Tin, 19-a. boshi; Muntazo saroyi, 20-a. boshi; Muhammad Ali muzeyi, 20-a.), At-Tahrir markaziy maydoni (19-a. 2-yarmi), un-t, ilmiy tadqiqot in-tlari, koʻplab muzey (jumladan, dengiz muzeyi, nafis sanʼat muzeyi), Milliy kutubxona va b. bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==