James Prescott Joule: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
JOUL (Joule) Jeyms Preskott (1818.24.12, Solford, Lankashir — 1889.11.10, Seyl, Cheshir) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1850 y.dan). Ilmiy ishlari elektromagnetizm va issiqlikka oid. Energiyaning saqlanish qonunini tajribada asoslagan. Issiqlikning mexanik ekvivalentini topgan. J. oʻtkazgichdan tok oʻtganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok miqdori kvadratiga va elektr qarshiligiga toʻgʻri mutanosib ekanligini (Joul—Lens qonunini, E. X. Lensdan mustaqil ravishda) asoslagan (1841), issiqlikning mexanik ekvivalentini aniqlagan (1843). J. ingliz fizigi U. Tomson b-nbilan birga gaz gʻovak toʻsiqlardan oʻtganida uning t-rasi oʻzgarishini tajribada koʻrsatib bergan (1854). Bu hodisa J. — Tomson effekti deb ataladi va u gazlarni suyultirishda muhim oʻrin egallaydi. J. termodinamik t-ra shkalasini hisobladi, t-ra T tushunchasini fanga kiritdi, magnitning toʻyinishini payqadi va b. ishlar b-nbilan shugʻullandi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==