Joʻjixon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Joʻjixon''', Joʻchi, Joʻji, Chjochi (taxm. 1184—1227) — moʻgʻullarning yirik sarkardasi, Chingizxonning katta oʻgʻli; uning harbiy rejalarini roʻyobga chiqargan. Rivoyatlarga koʻra, Chingizxonning xotini Borte (Boʻrta fujin) homiladorlik paytida markit qabilasi tomonidan asirlikka olingan. Keyinchalik uni asirlikdan xalos etishgach, J. tugʻilgan. Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishiga koʻra, "Joʻchi"ning maʼnosi "mehmon" boʻlgan ("Shajarayi turk", 47-6.). J. Xitoy (1211 — 15), Oʻrta Osiyo (1219—21), Dashti Qipchoqni bosib olishda faol ish-tirok etgan. J. boshchiligidagi 20 ming nafar moʻgʻul qoʻshini Irgʻiz daryosi boʻyidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 minglik qoʻshini b-nbilan jang qilgan, bu islom lashkarlarining moʻgʻullar b-nbilan dastlabki toʻqnashuvi boʻlgan. Faqatgina Jaloliddin Manguberdinmng harbiy mahoratigina Xorazmshoh qoʻshinini magʻlubiyatdan saqlab qolgan. Chingizxon qoʻshini Oʻrta Osiyoga yurish qilganda otasi J.ni Sirdaryo boʻyidagi Jand, Oʻzgand, Sigʻnoq kabi shahar, qalʼalarni egallashga buyurgan. J. bu qalʼalarni olgach, ukalari Chigʻatoy va Oʻktoyxon b-nbilan birgalikda Xorazm poytaxti Urganchnsh qamal qilgan, shaharni yetti oylik janglardan soʻnggina egallagan. Chingizxon moʻgʻullar zabt etgan yerlarni oʻgʻillariga taqsimlab berganida (1224) J.ga Irtishdan Uralgacha va undan Gʻarbga tomon choʻzilgan yerlar mulk qilib berilgan (q. [[Joʻji ulusi]]). J. Sharqiy Yevropaga qilmoqchi boʻlgan harbiy yurishi boshlanmasidan oldin vafot etgan; baʼzi maʼlumotlarga koʻra, J.ni markaziy hokimiyatdan ajralib chiqmoqchi ekanlikda gumonsiragan Chingizxon maxfiy buyruq berib qatl ettirgan. J.ning qabri Jezqazgʻan sh. (Qozogʻiston)dan 45 km. shim.-sharqda, Qora-Kengir daryosining soʻl qirgʻogʻida joylashgan.
 
Faxriddin Hasanov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>