Jurnalistika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Jurnalistika''' - ijtimoiy faoliyat turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb axborotlarni toʻplash, tahlil qilish va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va b.) orqali tarqatish b-nbilan shugʻullanadi. J. ommaviy targʻibot va tashviqot shakllaridan biri. J.ning xususiyati, maqsadi jamiyatning ijtimoiy tabiatiga bogʻliq. J. atamasi dastlab jurnallar majmuiga, keyinchalik barcha davriy nashrlarga nisbatan qoʻllanilgan. Endilikda J. iborasi J. faoliyati mahsulini, shu b-nbilan bogʻliq kasblar majmuini, shuningdek, shu sohaga oid taʼlimni va fan tarmogʻini ham anglatadi. J. faoliyati tarkibiga matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va b. kiradi.
 
J. tizimidagi axborot vositalari ommaning kundalik dolzarb ijtimoiy va maxsus axborotga boʻlgan ehtiyojini krshshrishda asosan publitsistikata tayanadi, shuningdek, muhim ijtimoiy masalalarni talqin qiluvchi ilmiy, badiiy va b. asarlardan ham foydalanadi. J. tizimidagi axborot vositalari oʻz faoliyatida maʼlum davriylikka va tezkorlikka amal qiladi.
Qator 7:
Hoz. davr J.si dastlab 17-a. boshidagi ilk davriy bosma nashrlar qiyofasida yuzaga kelgan. 19-a.ning 2-yarmi va 20-a.da fotografiya hamda kinematografiyannng kashf qilinishi tufayli foto va kinojurnalistika tashkil topdi. 20-a.ning 20-y.laridan eʼtiboran radiotexnika yutuklari asosida radiojurnalistika taraqqiy qila boshladi, 40-y.larda esa telejurnalistika maydonga keldi.
 
Ommaviy axborot paydo bulishi va rivojlanishi b-nbilan umumiy saviyasi va kasbiy mahorati yuksak jurnalistlarga ehtiyoj kuchaya bordi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli mamlakatlarda maxsus J. taʼlimini yuzaga keltirdi. J.ning siyosiy yoʻnalishi jihatidan birbiridan farq qiluvchi bir nechta turi tarkib topdi, faoliyatning ijtimoiy hayotdagi oʻrni va vazifasiga doyr turlicha qarashlar yuzaga keldi. Chunonchi, kommunistik J. faoliyatiga partiyaviylik, sinfiylik asos qilib olindi. Bu hol koʻp hollarda umuminsoniy maʼnoda axborot sohasida inson haq-huquqlari va erkinliklarining cheklanishiga, qoʻpol ravishda poymol qilinishiga olib keldi.
 
J. taraqqiyoti qator omillarga bogʻliq boʻlib, siyosiy erkinliklar, birinchi galda, matbuot erkinligi bu omillar orasida alohida oʻrin egallaydi. Matbuot erkinligi demokratik jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi. J. erkin faoliyat sharoitidagina jamiyat aʼzolarini xolis va haqqoniy axborot b-nbilan taʼminlay oladi, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzini vositachi sifatida namoyon etadi.
 
Oʻzbekistonda J. 19-a.ning 2-yarmida paydo buldi. Uning tarixi Toshkentda chiqarilgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeta" kabi rasmiy davriy nashrlardan boshlanadi. 20 a.ning 1- va 2-oʻn yilligida Oʻzbekistonda asosiy eʼtiborni milliy taraqqiyotni taʼminlashga qodir maʼrifatli insonlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan xususiy milliy gaz. va jur.lar ("Taraqqiy", "Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Samarqand", "Oyina" va b.) ham faoliyat koʻrsatdi. Shoʻro tuzumi davrida Oʻzbekistonda davriy matbuot tarmogʻi respublika, viloyat va tuman miqyosida chiqadigan umumsiyosiy va tarmoq gaz.lari, shuningdek, yangi jur.lar hisobiga kengaydi, ayni paytda Oʻzbekistonda radiojurnalistika va telejurnalistika ham tarkib topdi. Lekin bular mustabid tuzum koʻzlagan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilishga mahkum edi.
Qator 15:
Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, respublika J.si demokratik bosqichga qadam qoʻydi va jamiyatni demokratik tarzda yangilash, huquqiy demokratik davlat barpo qilishga koʻmaklashayotgan yangi tizim shakllana boshladi. 1997 y.da "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida", "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida", "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 y. 26 fevralida "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ti-zimini takomillashtirish toʻgʻrisida" gi qarori eʼlon qilindi. Mazkur hujjatlar respublikamizda jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda dunyo andozalari darajasiga koʻtarish yoʻlida gʻoyat muhim ahamiyatga egadir. Shundan beri oʻtgan vakt mobaynida bu qonunlar va qarorni amalga oshirish yoʻlida ancha ishlar qilindi. Istiklol tufayli respublika jurnalistlarining ijtimoiy hayot voqea va hodisalarini taxlil qilish va yoritishga yondashuvi ham tubdan oʻzgardi. Endiliqsa jurnalistlar ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish va yoritishda ilmiy bilimlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqaro hamjamiyat eʼtirof etgan umumdemokratik qoidalarga tayanmoqda.
 
J. tizimining shakllanish jarayonida respublikada jurnalist ixtisosi boʻyicha maxsus oliy taʼlimga ham asos solindi. 1949 y. Oʻrta Osiyo davlat un-ti (hoz. OʻzMOʻ)ning filologiya f-ti qoshida oliy maʼlumotli jurnalistlar tayyorlaydigan maxsus boʻlim tash-kil qilindi. Bu boʻlim 1967 y.da mus-taqil f-tga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori b-nbilan (1996 y. 26 apr.) "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist" faxriy unvoni taʼsis etildi. Oliy maʼlumotli jurnalistlar OʻzMUdan tashqari, Nukus davlat un-tida, shuningdek, Oʻzbekiston jahon tillari un-tida ham tayyorlanadi. 1997 y.dan OʻzR Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro ijtimoiy markazi faoliyat koʻrsatadi.
 
== Adabiyot ==