Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 5:
Poyasi toʻgʻri oʻsadi, yashil rangda, boʻyi 2,5—3,5 m; uchki qismi shoxlanib, uch-toʻrtta meva shoxcha hosil qiladi. Ildizi oʻq ildiz, shoxlangan, yerga 1 — 1,5 m gacha kirib boradi. Barglari ketma-ket joylashgan, uzun bandli, nash-tarsimon, arra tishli. Guli mayda, ikki jinsli, sariq. Mevasi qovurgʻali koʻsakcha, choʻziq, 5—10 sm, yirik mevalisiniki 1—2 sm. Urugʻi mayda, uch qirrali, toʻq yashil, sargʻish-jigarrang yoki toʻq jigarrang , 1000 donasining vazni 1,5—2 g . Urugʻida 14% gacha moy bor. Tolasi uz. 2—3 m. J. oʻzidan changlanuvchi namsevar, yorugʻsevar, issiqsevar, sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Urugʻi 16—18° da normal unib chiqadi. Vegetatsiya davri 140—160 kun. J. kanopta Karaganda, ayniqsa oʻsish davrida, suvga juda talabchan. Sur, oʻtloqi va oʻtloqi-botqoqi tuproqlarda yaxshi usadi, shoʻrga chidamsiz.
 
J. tolasi yetishtirish hajmi dunyoda ishlab chiqariladigan oʻsimlik tolalari ichida paxta tolasidan keyin 2-oʻrinda turadi. J.ning quruq poyasi (poʻstlogʻi)dan 20—25% yuqori gigroskopik pishiq tola chiqadi. J. tolasidan toʻqimachilik mahsulotlari, gilamlar, qop, arqon, texnik va oʻrov gazmollari, jun, paxta tolalari b-nbilan aralash tolalaridan kiyim-kechak gazmollari tayyorlanadi. Hindistonda J. bargi ovqatga ishlatiladi. J. urugʻidan moy, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan glikozidlar olinadi.
 
Almashlab ekishda beda, dukkaklidon ekinlaridan keyin 28—30 sm chuqurliqsa kuzgi shudgor qilingan maydonlarga ekiladi. Oʻgʻitlash normasi: 10—20 t/ga goʻng , 90—120 kg/ga azot va R2O5, 60—90 kg/ga K2O. Tola olish uchun qoʻsh qatorlab 60x12—13, 50x20 sm sxemada ekiladi. Urugʻ 3—4 sm chuqurlikka koʻmiladi. Gektariga tola uchun 12—14, urugʻ olish uchun 6 kg urugʻlik sarflanadi. Vegetatsiya davomida 5—8 marta sugʻoriladi, qator oralari yumshatiladi, oʻtoq qilinadi, oziqlantiriladi, sugʻorish normasi 5000—7000 m3/ga. Texnik jihatdan yetilgan, 50% oʻsimlikda 1—2 koʻsakcha hosil boʻlganda tola uchun oʻriladi, maxsus mashinalarda poʻstlogʻi ajratib olinib, dalada quritiladi va lub (kanop) z-dlariga topshiriladi.