Kaltakesaklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kaltakesaklar''' (Sauria) - sudralib yuruvchilar sinfining kenja turkumi. 2000 tacha turi bor. Gekkonsimonlar, tangacha oyoqlilar, agamalar, iguanalar, urchuqsimonlar, zahartishlilar, echkemarsimonlar, amfisbenalar, asl kaltakesaklar, ssinksimonlar kabi oilalarga boʻlinadi. K.ning tana shakli turli-tuman. Besh barmoqli oyoqlilari ham, oyoqsizlari ham uchraydi. Oyoqsiz K.da toʻsh suyagi va oyok kamari saqlangan. K. keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ularning 38 turi, mas, fotmanchiq, echkemar, toshkaltakesak, kunkargʻar, sariq ilon, bot-bot, qizilquloq va h.k. bor. Asl kaltakesaklar oilasi mazkur turkum uchun tipik vakildir. Bu oilaning 156 tacha turi bor. Ular 21 ta uruqqa kiradi. Gavdasi silindr shaklida; boʻyni yaqqol ajralib turadi; dumi uzun va uziluvchi; oyoklari yaxshi rivojlangan; boshi va qorni qalqonlar, gavdasi tangachalar b-nbilan qoplangan. Dumidagi tangachalar halqa shaklida. Quloq teshigi bor. Afrika, Osiyo va Yevropaning serquyosh, issiq mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonda yozda kun qiziganda uyalariga (salqin joylarda) kirib oladi. Qishda (noyab.
 
dan martgacha) karaxt boʻladi. Tuxum qoʻyadi; tuxumdan tirik tugʻuvchi turlari ham bor. Hasharot va b. jonivorlar b-nbilan oziqlanib, koʻp foyda yetkazadi. Yugurdak kaltakesak, tirik tugʻar kaltakesak, Oʻzbekistonda keng tarqalgan ildam kaltakesakcha va h.k. shu oilaga kiradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==