Kanar orollari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kanar orollari''' — Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Afrikaning shim.-gʻarbiy sohilidan 100—120 km uzoqda. Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat. Mayd. 7,3 ming km2. Asosiy orollari: Gran-Kanariya, Tenerife. Fuerteventura, Lansarote. Maʼmuriy markazi — Las-Palmas. Relyefi togʻlik, eng baland joyi 3718 m (Tenerife o.dagi Teyde vulkani). Soʻngan va harakatdagi vulkanlar bor. Iklimi tropik, passat iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 300— 500 mm. Yon bagʻirlari doim yashil butazorlar, baʼzan oʻrmonlar b-nbilan qoplangan. Endemik oʻsimlik turi (ajdar daraxti, kanar xurmosi va qaragʻayi) koʻp. Banan, kartoshka, sitrus mevalar, tamaki, uzum yetishtiriladi, donli va dukkakli ekinlar ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. K.o. Atlantika okeanidagi muhim tranzit baza. Yirik shaharlari: Las-Palmas va Santa-Krusde-Tenerife. Teyde milliy parki tashkil etilgan. Dengizboʻyi iqlim kurortlari mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==