Leonid Kantorovich: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kantorovich Leonid Vitalyevich''' [1912.6(18).1, Peterburg — 1986.7.4, Moskva] — rus matematigi va iqtisodchisi, akad. (1964). Leningrad un-tini tugatgan (1930). Ilmiy ishlari hisoblash mat.sini iqtisodiyotda tatbiq etishga bagʻishlangan. Birinchi boʻlib funksional analiz usullarini hisoblash mat.siga qoʻllagan, xususan, operatorli tenglamalarni taqribiy yechish usullarini ishlab chiqqan. Chiziqli dasturlash sohasiga asos solgan. Chizikli dasturlash asosida iqtisodiy resurslardan eng samarali foydalanish b-nbilan bogʻliq muammolarni hal qilish modelini yaratgan. Eng maqbul iqtisodiy modellar tahlilida paydo boʻladigan obʼyektiv shartlangan narxlarni muhim qiymatlarini aniqladi. Bu tadqiqotlar xalq xoʻjaligini optimal rejalashtirish va boshqarish nazariyasini yaratishda hamda narx belgilash, renta nazariyasi, kapital qoʻyilmalar samaradorligi va b. muammolarni ishlab chiqishga yordam berdi. Umrining oxirlarida iqtisodiyotda mat. modellar b-nbilan shugʻullangan. Nobel mukofoti laureati (1975, T.Ch. Kupmans b-nbilan birga). As: Matematicheskiye metodi organizatsii i planirovaniya proizvodstva, L., 1939; Nailuchsheye ispolzovaniye resursov, L., 1965; Optimalnie resheniya v ekonomike, L., 1972.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==