Kapital: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 2:
'''Kapital''' (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya — keng maʼnoda — oʻz egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega boʻlgan jami vositalar va mablagʻlar; yangi qiymat keltiruvchi, oʻzini oʻzi koʻpaytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar i. ch. uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor maʼnoda — i. ch. vositalari koʻrinishidagi ishga qoʻyilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy K.).
 
K.ning paydo boʻlishiga tovar i. ch., tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda oʻziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo boʻlishi b-nbilan oddiy tovar i.ch. kapitalistik i.ch.ga aylanadi, tovar i.ch.ning shu davrida tovar muomalasidagi pul K.ga aylanadi. K. koʻp sikllar davomida i. ch.da ishtirok etadigan asosiy kapital va bir sikl davomida ishtirok etadigan va toʻliq sarflanadigan aylanma kapitalga boʻlinadi. Pul K. i (sarmoya) — ashyoviy K. sotib olish uchun sarflanadigan pul vositalarini ifoda etadi, yaʼni pul K.ga aylanishi uchun i.ch.ga avanslanadi.
 
Iqtisodiy nazariyada K. ishlab chiqarish omillaridan biri tarzida izohlanadi. Qiymatning koʻpayishi inson mehnati (ish kuchi) va i.ch. vositalari (xom ashyo, mashina, stanoklar) birlashganda, yaʼni i.ch. sharoitida yuz beradi. K. sanoat K.i, savdo K.i, ssuda K.i, sudxoʻrlik K.i (tarixiy) shakllarida faoliyat koʻrsatadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida K.ning korxona, firma, banklar. K.i, turli aksiyadorlik jamiyatlariga tegishli aksiyadorlik K.i, zahira K.i, ustav K.i. singari koʻrinishlari mavjud. Tadbirkor jismoniy shaxslarga tegishli K. dastmoya deyiladi va har gal tovar olib sotishda ishlatiladi.