Kaptarlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kaptarlar''' (Columbidae), kabutarlar — kaptarsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Gavdasining uz. 10—15 sm dan (mitti kaptar) 89 sm gacha (tojli kaptar). Boʻyni kalta, tanasi miqti, qanotlari baquvvat, yaxshi uchadi. Ustki tumshugʻi asosida yumshoq teri boʻrtmasi bor. 43 urugʻi va 285 turi maʼlum. Jan. va Shim. qutblardan boshqa hamma hududlarda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida asl K. va gʻurraklar urugʻiga mansub 9 tur uchraydi. Asl K. urugʻidan togʻ koʻk kaptari (Colum livia) juda keng tarqalgan; gov K. (S. palumbus) va togʻ K. i (S. rupestr) togʻli hududlarda, qora K. (S. Eversmanni) tof etaklari va vodiylarda, klintux (S. oenas) sharqiy hududlarda tarqalgan. Gʻurraklar urugʻidan musicha (Streptopelia senegalensis) va gʻurrak (S. turtur) koʻp uchraydi; togʻ gʻurragi (S. orientalis) togʻli hududlarda yashaydi. K. daraxtlar va ularning kovagiga, jarliklar, koyader, binolar tomiga juftjuft boʻlib uya quradi. Moda va narisi tuxumlarini navbat b-nbilan bosadi. Bir yilda 2, baʼzan 4—5 martagacha 2 tadan tuxum bosadi. Tuxumdan yalangʻoch (patsiz) jish joʻja chiqadi. Joʻjani dastlab nari va modasi jigʻildonidan ajralib chiqadigan oqsilga boy suyuqlik — qush suti, keyinroq jigʻildonda ezilgan don b-nbilan boqadi. Koʻk K. barcha xonaki K.ning zot boshi hisoblanadi. Koʻk K. va gov K. qisman ovlanadi.
 
Xonaki K. ning 200 ga yaqin zoti mavjud boʻlib, ular pochtachi, dekorativ va goʻshtdor guruhlarga boʻlinadi. Pochtachi K. uchganda oson yoʻl topadi. Qadimda ulardan xat tashishda foydalanilgan. Hozir faqat koʻngil ochish maqsadlarida koʻpaytiriladi. Dekorativ K. ajib qiyofasi va patining juda chiroyli boʻlishi (buqoq, yakobin, tovus kaptar) yoki oʻziga xos uchishi (turmanlar, baliqchi qorasimon zotlar) b-nbilan ajralib turadi. Goʻshtdor zotlar yirik (900 g gacha) boʻladi (karno, king , rim zotlari).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==