Karantin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
K. birinchi marta 14-a.da Italiyada qoʻllanilgan. Shunda oʻlat tarqalgan yurtdan kelgan kema 40 kungacha qirgʻoqqa yaqinlashtirilmasdan dengizda ushlab turilgan. Dastlab K. juda koʻp kasalliklarda qilinar, hatto, unchalik xavfli boʻlmagan qizilcha (skarlatina) kasalligida ham bemor 40 kun alohida xonada ushlab turilardi. Hoz. K. oʻta xavfli yuqumli kasalliklar: toun (oʻlat), sariq isitma; kana va chivin orqali tarqaladigan virusli gemorragik isitmalar: Marburg , Ebol va Laas isitmalari, Denge, Chikugunya, Rift vodiysi, Gʻarbiy Nil isitmasi va ensefalit kasalligida eʼlon qilinadi. "Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari"ga asosan, K. aeroport va dengiz portlarida hamda avtomobil yoʻllarida joylashgan sanitariya — karantin punktlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda K. kasallik tarqalgan oʻchokdan kelgan transport vositasi, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar salomatligi tekshiriladi, zarurat boʻlganida ularning badani koʻzdan kechiriladi. "Dengiz sanitariya deklaratsiyasi" va "Samolyot deklaratsiyasi"ning sanitariya qismini, shuningdek, deratizatsiya (kemiruvchilarga qarshi tadbirlar) oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma, transport vositasi ichida kemiruvchilar bor-yoʻqligini aniqlash ushbu xizmat xodimlarining vazifasi hisoblanadi. Zarurat boʻlganida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari amalga oshiriladi.
 
Bemor b-nbilan muloqotda boʻlganlar yuqumli kasalliklar shifoxonalari va izolyatorlarda alohidalanib, kasallikning yashirin davri oʻtguncha, mas, oʻlatda 6 kungacha tibbiy kuzatuv ostida boʻladi. Bu davrda maʼlum profilaktik davolash kursi belgilanadi.
 
2)Oʻsimliklar himoyasida — mamlakat hududiga q.x. ekinlarining juda xavfli zararkunandalari, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlarning kirib kelishidan himoya qilish va zararlanish oʻchoqlarini aniqlash, ihotalash va yoʻqotishga qaratilgan davlat choratadbirlari tizimi. Hisob-kitoblarga qaraganda oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari jahon boʻyicha oziqovqat ekinlari potensial hosilining 20—25% ni yoʻq qiladi. Mamlakatlararo savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi darajasiga qarab bir mamlakatda uchramaydigan zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlar turlarining boshqasiga kirib kelishi xavfi ortib boradi. Mas, urugʻlik va koʻchatlar, q.x. xom ashyosi va b. yoʻllar b-nbilan Amerikadan Yevropaga filloksera (tok biti), qizilqon bit, koʻpgina chervetslar, Kolorado kartoshka qoʻngʻizi, kartoshka fitoftorasi, zarpechak, ambroziya kabi begona oʻtlar kelib qolgan, oʻz navbatida, Yevropa va b. mamlakatlardan Amerikaga gessen pashshasi, yapon qoʻngʻizi, don qoʻngʻizi, sitrus mevalar raki va b. tarqalgan.
 
Oʻsimliklar K. boʻyicha birinchi qonun Fransiyada gʻalla ekinlari poya zangi epifitotiyasi munosabati b-nbilan qabul qilingan (1660). AQShda filliokseraga qarshi kurash zarurati tufayli 1881 y.da birinchi qonun kuchga kirdi. 1870—1915 y.larda q.x. rivojlangan Germaniya, Fransiya, Avstraliya, Avstriya, AQSH, Meksika va b.da K. boʻyicha qonunlar qabul qilindi. 20-a.ning 70-y.larida 100 dan ortiq mamlakatda K. qoidalari ishlab chiqildi va bu qoidalarning bajarilishini nazorat qiladigan muassasalar barpo qilindi. Sobiq SSSRda 1931 y.da K. xizmati yoʻlga qoʻyildi. Shu yili K. kasalliklar va zararkunandalarning , 1935 y.da K. begona oʻtlarning birinchi roʻyxati tasdiqlandi.
 
1932 y. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qoshida Respublika oʻsimliklar karantin davlat inspeksiyasi xizmati tashkil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida" qonuni 1995 y. 31 avgustda kabul qilindi. Oʻsimliklar K. tadbirlari boʻyicha MDH doirasida Oʻzbekiston ham qoʻshilgan davlatlararo shartnoma imzolangan (1992). Oʻzbekistonda oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi oʻsimliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi ("Oʻzboshdavkarantin") bajaradi.
 
Oʻzbekiston q.x. tarixida koʻrilgan qatʼiy choralarga qaramay respublika hududiga boshqa mamlakatlardan koʻp turdagi oʻta xavfli K.dagi zararli obʼyektlarning oʻtib qolishi holatlari kuzatilgan. 1939 y.da Yaponiyadan keltirilgan tut koʻchati b-nbilan komstok qurti, 1964 y.da kaliforniya qalqondori, 1972 y.da Kolorado qoʻngʻizi, 1980 y.da issiqxona oqqanoti (q. [[Oqqanotlar]]), 1981 y.da Turkiyadan toʻrt dogʻli donxoʻr, 1983 y.da sharq meva qurti va b. tarqaldi va ular q.x.ga katta iqtisodiy zarar keltirmokda.
 
21-a. boshida K. kurash tadbirlari qoʻllaniladigan xalqaro roʻyxatga 300 dan ortiq turdagi oʻta xavfli oʻsimliklar K.i obʼyektlari kiritilgan. Ularning 66 tasi oʻsimliklar zararkunandalari (gʻoʻza kuyasi, osiyo gʻoʻza tunlami, amerika oq kapalagi, apelsin qalqondori, ildiz qurti va b.), 41 tasi zamburugʻli, nematodali, bakteriyali, virusli oʻsimliklar kasalliklari (gʻoʻza antraknozi, kartoshka raki, parmalovchi nematoda, makkajoʻxori vilt kasalligi va b.) dir. Oʻzbekistonda 143 turdagi K. obʼyektlari roʻyxatga olingan. Shulardan 12 ta turi kam tarqalgan. 3) Veterenariyada — hayvonlarning oʻta yuqumli, tez tarqalish xususiyatiga ega boʻlgan va katta iqtisodiy zarar keltiradigan kasalliklari oʻchoqlarini chegaralash va yoʻq qilish boʻyicha tadbirlar majmui.