Gʻulom Karimovich Karimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Karimov Gʻulom Karimovich''' (1909.15.4 — Toshkent — 1991.2.1) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). Fi-lol. fanlari d-ri (1962), prof. (1963). Leningraddagi Tarix, falsafa va lingvistika in-tini tugatgan (1935). Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi (1943 y.dan Oʻzbekiston FA) qoshidagi Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1938—48), Oʻzbekiston ped. fanlari i.t. inti direktori (1948—51), Oʻrta Osiyo un-ti (ToshDU) oʻqituvchisi (1951—53), kafedra mudiri (1954—84), prof. maslahatchisi (1984—91). Ilmiy faoliyati oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganishga bagʻishlangan. K. "Layli va Majnun"ning ilmiytanqidiy matnini tayyorlagan (1945). Navoiy, Muqimiy, Furqat, Almaiy, Nodim Namangoniy va b.ning ijodiga oid maʼlumotlarni, hayoti va ijodiy merosini toʻplagan, tadqiq etgan. Oliy oʻquv yurtlari ("Oʻzbek adabiyoti tarixi", 1966) va oʻrta maktablar uchun ("Oʻzbek adabiyoti tarixi", 1974, 1985; N. Mallayev, S. I. Ismatov b-nbilan hamkorlikda) darslik, metodik qoʻllanmalar tuzgan.
 
== Manbalar ==