'''Karimxon''', Zand, Muhammad (1704/5 — 1779) — Erondagi zandlar sulolasi asoschisi. Uzoq davom etgan ichki nizolardan soʻng Eronni (Xurosondan tashqari) birlashtirgan va vakil nomi b-nbilan hokimiyatni yolgʻiz oʻzi boshqargan (1760—79). Urushlarda vayron boʻlgan Eronni yuksaltirish maqsadida sugʻorish tizimlarini tiklagan, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoni (Ost-Indiya kompaniyasi b-nbilan 1763 y.gi savdo bitimi) rivojlanishiga hmiylik qilgan; dehqonlardan oli-nadigan soliqarni kamaytirishga, mulkdorlarning zoʻravonligini cheklashga harakat qilgan. Sherozni mamlakat poytaxtiga aylantirgan (1760), bu yerda saroy, masjid, bozor, karvonsaroylar qurilgan. Hofiz va Saʼdiy Sheroziy maqbaralari qayta tiklangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>