Karotinoidlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Karotinoidlar''' — oʻsimliklar, ayrim mikroorganizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar) va hayvonlarning sariq, pushti yoki qizil pigment". K. kimyoviy tabiatiga koʻra, asosan, siklik tuzilishga ega boʻlgan uglevodlardir. Yogʻlar va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Erkin yoki oqsillar b-nbilan kompleks holda uchraydi. K.dan karotin (oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida), ksantofill (oʻsimliklarning yashil qismida), likopin (pomidor mevasida), kriptoksantin (sariq makkajoʻxori donida), astaksantin (qisqichbaqasimonlar qalqonida), pektinoksantin (mollyuskalar gonadasida) koʻp uchraydi. K. odam va hayvonlar organizmiga, odatda, oziq b-nbilan oʻtadi. K.dan r-karotin va kriptoksantin A provitamin (q. [[Vitaminlar]]) boʻlib, jigarda vitaminga aylanadi. R-karotin tibbiyotda keng qoʻllaniladi; K. — oziqovqat sanoatida boʻyovchi modda sifatida ishlatiladi. Karotin preparatlaridan A avitaminozda, uning kolloid suvli eritmalaridan kuygan va sovuq urganda ogʻriqsizlantiruvchi malham sifatida foydalaniladi. Karotin oʻsimliklardan olinadi; mikrobiologiya sanoatida sintez qilinadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==