Katta oʻyin (raqs): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Katta oʻyin''' — Fargʻona raqs maktabiga xos qad. professional mumtoz raqs turkumi va ijro usuli. Ulkan syujet, hayotbaxsh chuqur mazmunga ega boʻlgan K. oʻ. turkumidagi raqslarda lirik, qahramonlik va hayotiy mavzular aks ettirilgan. K. oʻ.da har biri alohida mazmun va ijrochilik uslubiga ega boʻlgan 60 dan ortiq raqs usuli mavjud boʻlib, ular asrlar davomida takomillashib borgan. Bizgacha bir necha usuli yetib kelgan: dildir, qoʻshqars, yakkaqars, oʻtish qismi, shoh, oqsatma, gul oʻyin, jilva rezi, ducharx, duchava, chorqars, usuli haqqoniy, zang oʻyin va b.
 
K. oʻ. raqslarining koʻpchiligi, uzoq vaqt ijro etilishi b-nbilan boshqa raqslardan farq qiladi. Bu turkumga kirgan raqslarning har biri maʼlum bir maʼno, plastik ifoda va ijrochilik uslubiga ega boʻlganidan alohida ham ijro etilavergan.
 
Qadimda Qoʻqonda K. oʻ.ning isteʼdodli kashfiyotchilari, ijrochilari boʻlgan. Keyinchalik K. oʻ. turkumiga kirgan ayrim raqslarning takomillashuvida Us t a Olim Komilov, Tamaraxonim, R. Karimova kabi sanʼatkorlarning xizmati katta boʻldi.