Kimyo sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kimyo sanoati''' — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi b-nbilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki z-dlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan.
 
Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi b-nbilan soda ishlab chiqaradigan z-dlar qurildi. Bunday korxonalar — soda z-dlari Fransiyada 1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 y.da (Liverpul), Germaniyada 1843 y.da (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da (Barnaul)da qurildi. 19-a. oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan z-dlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi.
 
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-a.ning 30-y.
 
larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik b-nbilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun z-di, neftni haydash z-di, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
 
Zamonaviy K.s.ning shakllanishi 1932 y. qadimdan oltingugurt qazib olingan Shoʻrsuv oltingugurt koni (Fargʻona vodiysi)ning ishga tushirilishi b-nbilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Itti-foqning oltingugurt mustaqilligini taʼminlashda muhim rol oʻynadi. K.s.ning eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kti 1940 y. okt.dan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t kuchsiz azot kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940 y.da respublikaning jami sanoat mahsuloti hajmida K.s. hissasi 0,8% ni, K.s.da band boʻlgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat i.ch. fondining 7,4% K.s. hissasiga toʻgʻri kelgan.
 
Urushdan keyingi yillarda 1946 y.da Qoʻqon, 1957 y.da Samarqand superfosfat z-dlari ishga tushirildi va bu z-dlar respublika q.x.ning fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashga xizmat qildi. Buxoro viloyatida Gazli gaz koni ishga tushirilishi b-nbilan tabiiy gazdan foydalanish asosida 1963 y.da Fargʻona azotli oʻgʻitlar z-di, 1964 y.da Navoiyda kimyo k-ti ishlay boshladi.
 
1958—65 y.larda Olmaliq konmetallurgiya kti qoshida sulfat kislotasi z-di, Pop rezina oyoq kiyimlari z-di, Yangiyoʻl gidroliz z-di qurildi. 1965 y.da respublikada birinchi marta Fargʻona azotli oʻgʻitlar z-dida gʻoʻza bargini toʻkishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila boshladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar z-di (1972), 1973 y.da Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi.
Qator 17:
1991 y.da respublika K.s. korxonalari negizida "Oʻzkimyosanoat" konserni tashkil etildi. 1994 y. yanv.da konsern "Oʻzkimyosanoat" uyushmasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 y. 13 martdagi "Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qaroriga muvofiq, "Oʻzkimyosanoat" ochiq aksionerlik jamiyati (AJ) shaklidagi davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Respublika hukumati tomonidan Oʻzbekiston K.s. korxonalarini yalpi rivojlantirishning 23 investitsiya loyihalaridan ibo-rat dasturi ishlab chiqildi va maʼqullandi, K.s. korxonalarini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. "Oʻzkimyosanoat" kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qoʻshma korxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan koʻprogʻi yirik zamonaviy korxonalardir.
 
Mineral oʻgʻitlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada q.x. uchun zarur boʻlgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli oʻgʻitlarni i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. "Elektrkimyosanoat" AJ (Chirchiq), Fargʻona "Azot" i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar, "Qoʻqon superfosfat z-di" AJ, Samarqand kimyo z-di, Olmaliq "Ammofos" AJda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosforli oʻgʻitlar i.ch. quvvatlariga ega. K.yeda mineral oʻgʻitlar i.ch. hajmi respublika q.x. ehtiyojlarini toʻla taʼminlashi b-nbilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi.
 
Sulfat kislotasi K.s. tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" AJ, Samarqand kimyo z-di, Navoiy kon-metallurgiya k-ti, Olmaliq konmetallurgiya k-tida barpo etilgan.
Qator 27:
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.da keng qoʻllaniladi. Chirchiq "Elektrkimyosanoat" AJda kaprolaktam (1980 y.dan, yillik quvvati 70 ming t), Fargʻona kimyoviy tolalar z-di (1959)da atsetat iplar, "Navoiyazot" AJda akril tolalari (1974 y.dan; yillik quvvati 23 ming t dan koʻproq), Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida sellyuloza atsetati (yillik quvvati 42 ming t) ishlab chiqariladi. Fargʻona furan birikmalari z-di (1946)da sellyuloza mustaqilligini taʼminlash boʻyicha paxta lintidan sellyuloza i.ch. ga ixtisoslashgan quvvatlar barpo etilgan. Fargʻona kimyoviy tolalar z-dida kaprolaktamni qayta ishlab, kapron va iplar tayyorlashga imkon beradigan quvvatlar bor.
 
K.s.da gidroliz korxonalari 2-jahon urushidan keyingi yillardan qurila boshladi. Fargʻona furan birikmalari (1946), Yangiyoʻl biokimyo (1952), Andijon gidroliz (1953) z-dlarida asosiy xom ashyo — chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, furfurol, ozuqa achitqilari (hamirturush), furil spirti, ksilit, laprol va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. 90-y.lar boshidan bu korxonalarda gʻalladan oziqovqat (etil) spirti i.ch. oʻzlashtirildi: "Andijon biokimyo z-di" AJ (sobiq gidroliz z-di) da yillik quvvati 915 ming dal (1994), "Qoʻqonspirt" AJda 1800 ming dal (1995) va "Yangiyoʻl biokimyo z-di" AJda 915 ming dal (1996) etil spirti ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoklarini respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan spirt b-nbilan taʼminlash imkoniyati yaratildi. Bu korxonalarda yiliga 4 ming t ga yaqin karbon kislotalari ham ishlab chiqariladi. "Andijon biokimyo z-di" AJda 1992 y.dan quruq xlorella biomassasini tayerlash yoʻlga qoʻyilgan.
 
Rezina mahsulotlari Angren "Rezinatexnika" AJ (1975)da ishlab chiqariladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan "Rezinatexnika" AJ 1987 y.dan xalq isteʼmoli tovarlari i.ch.ga oʻtdi. 1992 y.dan birlashmada yengil avtomobil shinalarini tayerlash oʻzlashtirildi. 1996 y.dan yiliga yengil avtomobillar uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqaradigan quvvatlar ishga tushirildi.
Qator 33:
Respublikada plastmassa va propilen mahsulotlar ini qayta ishlovchi (Ohangaron "Santexlit", "Jizzaxplastmassa" AJ), turli markadagilok – boʻyoq mahsulotlari ("Toshkent lok-boʻyoq z-di" AJ, 1946), mebel sanoati uchun sintetik smolalar (Fargʻona furan birikmalari z-di), maishiy kimyo tovarlari ["Maishiy kimyo" AJ (Toshkent sh.,), 1987; Olmaliq maishiy kimyo z-di, 1971 (hoz. Rossiyadagi "Kalina" konsernining "Pallada-Vostok" shoʻʼba korxonasi); Toshkent yogʻ-moy kti tarkibida sintetik yuvish vositalari z-di, 1971] ishlab chikaradigan korxonalar ishlaydi.
 
2000 y.da respublika sanoati mahsulotlari umumiy hajmida K.s. (neft kimyosi sanoati b-nbilan birga) hissasi 6,1 % ni tashkil etdi. 832 ming t mineral oʻgʻitlar (100% ozik, modda hisobida), 15 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 14,7 ming t kimyoviy tola va iplar, 985 ming t sintetik ammiak, 823,4 ming t sulfat kislota, 287 ming t oltingugurt va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi.
 
Chet mamlakatlardan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya, Rossiya kimyoviy mahsulotlar i.ch. boʻyicha yetakchi oʻrinlarda turadi. Jahon boʻyicha K.s. ishlab chiqarishning 3/4 qismi shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi. 60-y.lardan boshlab Yaponiya va Germaniya K.s. jadal rivojlandi.