Ekologiya — versiyalar orasidagi farq

20 bayt qoʻshildi ,  7 yil oldin
qisqa izoh tahrirlanmadi
(Yangi maqola yaratildi)
 
20-asrning 2-yarmida odamning biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi natijasida ekologik krizisning yuzaga chiqishi va tabiatni muhofaza qilish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish zaruriyatining tugʻilishi bilan E.ning amaliy ahamiyati keskin oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni "ekologiyalashtirish" boshlandi; E. bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy bogʻlanish paydo boʻldi. Hoz. davrda sanoat va q.x. ishlab chiqarishi, transport, qurilish, ilmiytexnikaviy, demografik muammolarni hal etish hamda tabiii resurslardan ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv zarur boʻlib qoldi.
 
Oʻzbekistonda E.ning rivojlanishi D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3. Zohidov va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib, hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan. A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M. Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda (yana q. [[Tabiatni muhofaza kilish]]).
 
== Yana qarang ==
Ad.Odum Yu ., Osnovn ekologii, per. s ang . M., 1975; Ergashev A., Umumiy ekologiya, T., 2003; Toʻxtayev A., Ekologiya, T., 2000.
* [[Tabiatni muhofaza qilish]].
 
== Adabiyotlar ==
* Odum Yu ., Osnovn ekologii, per. s ang . M., 1975;
* Ergashev A., Umumiy ekologiya, T., 2003;
* Toʻxtayev A., Ekologiya, T., 2000.
 
Ahmadqul Ergashev, Ochil Mavlonov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->