18 999
ta tahrir
CoderSIBot (munozara | hissa) (Maqolaga matn qoʻshildi) |
(Clean-up) |
||
| Telefon_kodi =
| Vebsayt =
}}'''Muborak'''
== Tarixi ==
Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi [[Imom Buxoriy]]ning ustozlaridan biri deb sanalgan [[Abdulloq ibn Mu-borak al-Marvaziy]]ga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.
== Demografiyasi ==
Muborakning aholisi 31 455 kishidir.<ref>{{cite web|title=O'zbekiston: Eng katta shaharlar va ularning aholisi {{ref-es}}|url=http://population-statistics.com/wg.php?x=&men=gcis&lng=es&des=wg&geo=-225&srt=npan&col=abcdefghinoq&msz=1500|work=World Gazetteer|accessdate=30-may, 2012}}</ref> 2002-yil aholi soni 28 300 kishi boʻlgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> Muborakda asosan [[oʻzbeklar]] yashaydi. Shuningdek, [[tojiklar|tojik]], [[rusar|rus]], [[turkmanlar|turkman]], [[ukrainlar|ukrain]], [[ozarbayjonlar|ozarbayjon]] va boshqa millat vakillari ham bor.
==
Muborak muhim gaz va neft shahridir.<ref>{{cite web|title= Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Uzbekneftgaz“ boʻyicha qarori |url=http://www.lex.uz/Pages/GetAct.aspx?lact_id=532281|work=Lex.uz|accessdate=30-may, 2012}}</ref> Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan.
== Madaniyati ==
Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, to'rt avtokorxona, o'n qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon [[bozor]]i, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim [[maktab]]lari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, [[tibbiyot]], [[pedagogika]]-[[iqtisodiyot]] [[kollej]]lari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, [[kutubxona]], klub, [[stadion]], yoshlar [[sport majmuasi]], [[tennis]] korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy [[kasalxona]] va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash [[fizioterapiya]] shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.
== Transporti ==
Muborak Qarshi—Buxoro [[temir yoʻli]]dagi stansiyadir. U yerga [[Kitob (shahar)|Kitob]]—[[Qarshi]]—[[Buxoro]] [[poyezd]]i qatnaydi. Shuningdek Muborakdan [[Koson]], Qarshi, Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha [[avtobus]]lar qatnaydi.
== Manbalar ==
{{Reflist}}
== Havolalar ==
* [http://www.fcmashal.uz/main Mashʼal futbol jamoasining rasmiy sayti]
{{Oʻzbekiston shaharlari}}
|