Olimpiada oʻyinlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
'''Olimpiya oʻyinlari''' — har toʻrt yilda oʻtkaziluvchi zamonamizning eng yirik xalqaro majmuaviy sport bellashuvlari. Olimpiya oʻyinlari [[Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi]] vasiyligi ostida 4 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarining Yozgi va qishki oʻyinlari mavjud. Olimpiya oʻyinlarining ramzi - besh qit'ani ifoda etuvchi beshta birikkan uzuk. Yuqori qatordagi ranglar: havorang - [[Yevropa]], qora - [[Afrika]], qizil - [[Amerika]], pastki qatorda: sariq - [[Osiyo]], yashil - [[Avstraliya]].
 
 
'''Olimpiada oʻyinlari''' - 1) [[Yunoniston]]da umumyunon bayrami va musobaqalari (2 gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi). Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 y.gacha har 4 yilda Olimpiya shaxrida xudo [[Zevs]] sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan;
 
2) [[Yunoniston]]ning Olimpiya oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili)dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari [[Olimpiya hartiyasi]]da belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi [[Pyer de Kuberten]] (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894 yil [[Parij]]da Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). Oʻyinlar [[Xalqaro Olimpiaya qoʻmitasi]] (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga [[yengil atletika]], [[gimnastika]], [[suzish]], [[ogʻir atletika]], [[kurash]], [[boks]], [[qilichbozlik]], [[eshkak eshish]], [[velosport]], [[futbol]], [[basketbol]] musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (q. [[Qishki olimpiada]]).
==Shior==
Olimpiada shiori "Tezroq, balandroq, kuchliroq" (lot. "Citius, altius, Sortius") 1920 yildan olimpiada emblemasiga kiradi.
==Ramz==
Olimpiada emblemasi — koʻk, qora, qizil (yuqori qator), sariq va yashil (pastki qator) rangdagi bir-biriga chatishgan 5 halqa — olimpiada harakatiga birlashgan 5 ta qitʼa ramzi. Har bir olimpiada, shuningdek, oʻz emblemasiga ega: olimpiadaning 5 halqasi (halqalar) va oʻyinlar tashkilotchisi boʻlgan shahar ramzi, oʻyinlar oʻtkazilayotgan yil, joy va h.k.
==Bayroq==
Olimpiada bayrogʻi — Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiya oʻyinlarida koʻtariladi. Olimpiya oʻyinlarining anʼanaviy atributa Olimpiada mashʼalasidir. U [[Alfey daryosi]] vodiysidagi [[Kronos]] togʻ yon bagʻrida quyosh nurlaridan yondirilib, oʻyinlarning tantanali ochilishiga [[estafeta]] bilan olib kelinadi va olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda oʻyinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi.
 
 
 
==Jahon Olimpiya oʻyinlari (tartib soni va oʻtkazilgan yili)==
I — 1896 (Afina), II — 1900 (Parij); III — 1904 (Sent-Luis, AQSH), IV - 1908 (London), V - 1912 (Stokgolm), VII — 1920 (Antverpen), VIII - 1924 (Parij), IX - 1928 (Amsterdam), X — 1932 (LosAnjeles, AQSH), XI - 1936 (Berlin), XIV - Olimpiada medali. 1896, Afina. 1948 (London), XV — 1952 (Xelsinki), XVI — 1956 (Melburn, Avstraliya), XVII - 1960 (Rim), XVIII - 1964 (Tokio), XIX - 1968 (Mexiko), XX -1972 (Myunxen, GFR), XXI – 1976 (Monreal, Kanada), XXII - 1980 (Moskva), XXIII — 1984 (Los-Anjeles, AQSH), XXIV - 1988 (Seul), XXV -1992 (Barselona), XXVI - 1996 (Atlanta, AKD1), XXVII - 2000 (Sidney). 1- va 2-jahon urushlari tufayli VI (1916), XII (1940), XIII (1944) O.oʻ. oʻtkazilmagan.
 
Oʻzbekiston sportchilari O.oʻ.da 1952 y.dan buyen (1992 y.gacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996 va 2000 ylarda mu-staqil davlat vakillari sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublika-si Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan takdirlangan (1996).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
 
 
== Olimpiya oʻyinlarining vujudga kelishi ==
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi [[776]]-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Asrlar oʻtib eramizning [[393]]-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan.