Vakuolalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Vakuolalar''' (frans. Vakuole, lot. vacuus — boʻsh) — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik b-nbilan toʻlgan, sitoplazmadan membrana b-nbilan ajralib turadigan boʻshliq. Bir hujayralilarda ferment b-nbilan toʻlgan hazm qilish V.i, osmoregulyatsiya va ayirish funksiyasini bajaruvchi, qisqaruvchi V., koʻp hujayrali hayvonlar hujayrasida esa ikkilamchi lizosomalar guruhiga mansub va oʻzida gidrolitik ferment saqlovchi, hazm qiluvchi va avtofaglovchi V. boʻladi.
 
Oʻsimlik hujayralarida V. — endoplazmatik toʻrning hosilasi boʻlib, birmuncha shaffof membranotonoplast b-nbilan oʻralgan. Oʻsimliklardagi V. sistemasi — vakuom yosh hujayralarda naylar va pufaklar sistemasidan iborat. Hujayra oʻsib, ixtisoslasha borishi b-nbilan V. ham yiriklasha boradi va hujayra umumiy hajmining 70—95% gacha qismini egallab oladi. V. shirasi (rN darajasi 2—5 ni tashkil etadi) tarkibida erigan anorganik (fosfat, oksalat), organik birikmalar (qand, aminokislotalar, oqsillar) va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari (taninlar, glikozidlar, alkaloidlar), ayrim pigmentlar (mas., antotsianinlar) boʻladi. V. hujayradagi suv-tuz al-mashinuvini boshqaradi; hujayraning turgor holatini saqlaydi; quyi mole-kulali suvda eriydigan metabolitlar va zaxira moddalarni toʻplaydi; moddalar almashinuvida hosil boʻladigan zararli moddalarni hujayradan chiqa-rib tashlaydi va boshqa baʼzi funk-siyalarni bajaradi.
 
== Adabiyotlar ==