Van Deyk Antonis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
VAN DEYK (van Dyck) Antonis (1599.22.3, Antverpen— 1641.9.12, London) — flamand rassomi. 1609 y.dan X. Van Balendan taʼlim olgan, yoshligidan portret b-nbilan shugʻullangan. 1616—20 y.larda P. Rubens ustaxonasida yordamchi boʻlib ishlagan, uning ijodidan taʼsirlangan. Angliya qiroli Yakov I saroyida ishlagan davri (1620—21)da barokko tipidagi portretini nihoyasiga yetkazdi ("Oilaviy portret", "P. Snay-dersning rafiqasi b-nbilan portreta", 1621 va b.). Genuyaning zodagonlari tasvirlangan hashamdor portretlaridagi ajoyib kompozitsiyasi, teran qoramtir tuslarning goʻzalligi, zaminning tantanavorligida Venesiya maktabining taʼsiri seziladi. 1632 y.dan Londonda qirol Karl I saroyida rassom boʻlib ishladi. Qirol va uning oilasi ("Karl 1 ovda", taxm. 1635; "Karl I bo-lalari", 1637 va b.), saroy zodagonlari portretlarini yaratdi, ularda diqqatni holat, qomat va ranglar uygʻunligiga qaratdi.
 
== Adabiyotlar ==