Viskoza: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Viskoza''' (lot. viscosus — yopishqoq), sellyuloza ksantogenati — sellyulozani oʻyuvchi natriy (NaOH) eritmasi va uglerod sulfid b-nbilan ishlab olinadigan modda. Toza V. och sariq, goho qoʻngʻir va toʻq yashil rangda boʻladi. V. eritmasining zichligi 20°da 1120 kg/m3. Tarkibi: 7—10% sellyuloza ksantogenati, 5,7% oʻyuvchi natriy, 82—85% suv. 1 kg tola olish uchun 12— 14 kg V. eritmasi sarflanadi. V. olish uchun sellyuloza ksantogenati ishqor eritmasiga qoʻshib aralashtirilgach, sovitiladi va filtrlab bir oz vakuumda saqlanadi. Bunda uning tarkibidagi havo pufakchalari chiqib ketadi. V.dan olinadigan tolalarning xossasini yaxshilash uchun unga pigmentlar, boʻyoqlar, karbonatlar va b. birikmalar qoʻshiladi. V.ga sirt faol moddalar (aminlar, aminofenol va polietilen-oksid)ning qoʻshilishi undan tola hosil boʻlishini osonlashtiradi. V.dan sunʼiy ipak, gazlama, plyonka va b. ishlab chiqarishda foydalaniladi (q. Viskoza tolalar).
 
== Adabiyotlar ==