Amir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Hasan dehlaviy bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Qator 1:
{{birlashtirishgabirlashtirish|Hasan dehlaviy}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Amir''' (arab. — amr qiluvchi, boshliq, hokim) — lashkarboshi, hokim, bek. Arab xalifaligining dastlabki xa-lifalari va umaviylar davrida alohida qo‘shin qo‘mondonlari A. deb atalib, ular odatda zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar. Xalifalar-ga Umar ibn al-Xattobdan boshlab "A. al-mo‘minin" ("Mo‘minlar A.i") unvo-ni berilgan. Abbosiylar davrida A. odatda xalifalarning oliy hukmdor ekanligini tan olgan hokimlar, shu-ningdek xalifalikka nomigagina qaram bo‘lgan sobiq noiblar (ag‘labiylar, tu-luniylar, tohiriylar) yoxud qurol kuchi b-n o‘zlari davlat barpo etgan mustaqil hokimlar (safforiylar, taznaviylar, buvayhiylar); ularni 10-a.da sultonlar deb ham atay boshlashgan. 10-a. oxiri — 11-a. boshida A. deb turli tabaqaga mansub hokimlar va lashkarboshilar (ay-yubiylar, mamluklar davlatlari va b.da) atalgan. O‘rta asrlarda Movarounnahr xonliklarida Amir ul-umaro, Amiri shikor mansablari mavjud bo‘lgan. Oltin O‘rda, so‘ngra Movarounnahr va Eronda mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng A. deb ulus-lar boshliqlari atalgan (bek yoki no‘yon ma’nosida). Bu unvonni Amir Temur ham olgan; temuriylar sulolasiga man-sub shahzodalar Amirzoda (amir o‘g‘li) deb atalib, mirzo uning qisqartirilgan shaklidir. 18-a. oxiridan e’tiboran Buxoro xonligi hukmdorlari o‘zlarini A. deb atay boshlaganlar. Safaviy-lar Eronida A.— viloyat hokimlari (odatda qabila boshliqlari, xonlar va sultonlar), Afg‘onistonda A. unvoni-ni barakzoylar sulolasi hukmdorlari Do‘stmuhammadxondan boshlab olganlar. 20-a.da monarxik arab davlatlarida (mas, Saudiya Arabistonida) A.— hukmron su-lolaning valiahd shahzodalari.