Boʻgʻozlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Qator 1:
{{birlashtirishgabirlashtirish|Boʻgʻozlik}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
BOʻGʻOZLIK — urgʻochi hayvon organizmida homilani olib yurish davridagi fiziologik holat. Bu jarayon otalanishdan boshlanib yetuk homilaning tugʻilishi bilan tugaydi. B. bir homilali va koʻp homilali boʻlishi mumkin. B. ning kechishiga qarab fiziologik va patologik turlarga boʻlinadi. Fiziologik B. ona va homila organizmlarida jarayonlarning meʼyorda kechishi bilan tavsiflanadi. Patologik B. da ona va homila organizmida fiziologik jarayonlar buziladi va B. muddatiga yetmay tugaydi yoki homila nuqsonli tugʻiladi. Sigir, biya, tuya va b. hayvonlar boʻgʻozligi 5—6 oyligidan biqinini paypaslab va toʻgʻri ichakka qoʻl tiqib aniqlanadi. Bunda bola qattiq va qoʻzgʻaluvchan tuyuladi, emchakda sirachsimon modda hosil boʻladi. B. ning soʻnggi davrida yelin kattalashadi. Quy, echki, choʻchqa, it va b. mayda hayvonlar boʻgʻozligi biqinini paypaslab va lab.