Gripp: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Qator 1:
{{birlashtirishgabirlashtirish|Inflyuensa}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Gripp''' (frans.grippe), inflyuensa — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. G.ni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, V turi uchraydi. G. viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan soʻng yuqish ehtimoli yoʻqoladi, quyosh nuri taʼsirida tez nobud boʻladi. Past haroratda, ayniqsa xavo harorati 0° dan past boʻlganda virus uzoq saqlanadi. Shu sababli G. kasalligi sovuq mavsumda koʻproq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) taʼsirida viruslar tez nobud boʻladi. Isiriq tutuni ham G. viruslarini oʻldiradi.