Ishlab chiqarish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Moddiy ishlab chiqarish bilan birlashtirishga andoza qo‘shildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Qator 1:
{{birlashtirishgabirlashtirish|Moddiy ishlab chiqarish}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Ishlab chiqarish''', moddiy ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida I.ch. zarur. Uning mazmu-nini mehnat jarayoni belgilaydi. I.ch. jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy I.ch. ishlab chiqarish vositalari I.ch. va is-teʼmol buyumlari I.ch.dan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli i.ch. vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror I.ch. iqtisodiy qonunining ifodasidir. I.ch. faqat mahsulot I.ch.dan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. I.ch.ning rivojlanishi, avvalo, I.ch. qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. I.ch.ning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>