Orbita: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|Orbita (maʼnolari)}}
{{birlashtirishgabirlashtirish|Koʻz kosasi}}
'''Orbita''' (lot. orbita — yoʻl, iz) — ixtiyoriy tabiiy yoki sunʼiy kosmik jism harakatining toʻla yoʻli. Xususan, Quyosh sistemasining har bir jismi (sayyoralar va ularning yoʻldoshlari, kometalar, asteroidlar, kosmik apparatlar), yulduzlar va galaktikalar oʻz O.lari bilan aniq farqlanadi. Shu maqsadda fanga O. elementlari tushunchasi kiritilgan. Kosmik jismning istalgan vaqtdagi oʻrnini va uning O.si fazodagi vaziyatini tula aniklash uchun O.ning 6 ta elementi kuzatishlar yordamida topiladi. Mas, ixtiyoriy sayyora uchun uning O.si elementlari quyidagilar: sayyora O.si tekisligining ekliptikaga qiyaligi, O. katta yarim oʻqi, O. ekssentrisiteti, O. perigeliy nuqtasining chiqish tugunidan uzokligi, chiqish tugunini bahorgi tengkunlik nuqtasidan uzokligi, sayyoraning perigeliy nuqtadan oʻtish payti. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>