Radiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Ra bilan birlashtirishga andoza qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Qator 1:
{{birlashtirishgabirlashtirish|Ra}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{birlashtirishgabirlashtirish|Ra}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Radiy''' (lot. radius — nur, Radium), Ra — Mendelev darviy sistemasining II guruhiga mansub radiaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 88, at.m. 226,0254. R. massa jihatidan Yer poʻstining 1010% ini tashkil qiladi. R. 1898 y.da M. va P. Kyurilar tomonidan uran rudasida uranning radiaktivlik xossalarini oʻrganish paytida kashf etilgan. R. ikkinchi radiaktiv elementdir (birinchisi poloniy). Uran rudasining 1 t sida 0,34 g gacha R. boʻladi. R. ning massa soni 213,215 va 219—230 boʻlgan 14 ta izotopi maʼlum. Bulardan eng uzoq mavjud boʻluvchi 226Ra(T1/2=1620 y.). 1910 y.da M. Kyuri va A. Debyern R. tuzlarini simob katod bilan elektrolizlab R. amalgamasini, undan simobni haydab sof R. olishga muvaffaq boʻldilar. Sof R. havoda tez oksidlanadigan kumushdek oq metall. Suyuqlanish trasi 700— 960°, qaynash trasi 1140°, zichligi 5,5 g/sm3. R. va uning birikmalaridan doim chiqadigan nur elektr va magnit maydonida 3 tarkibiy qismga (a, r va unurlarga) ajraladi. R. kimyoviy xossalari jihatidan bariyga oʻxshaydi. Havoda R. sirti radiy nitrid Ra3N2ning qora pardasi bilan qoplanadi. Metall R. suvga taʼsir etganida vodorod ajralib chiqib, kuchli ishqor — radiy gidroksid Ra(OH)2 hocil boʻladi. R. tuzlari oq rangli, lekin ular asta-sekin radioaktiv parchalanib, vaqt oʻtishi bilan sariq yoki jigarrang tuye oladi. R.ning bir qancha kompleks birikmalari maʼlum.