Volyuntarizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Volyuntarizm''' (lot. voluntas — iroda) — 1) irodani borliqning eng oliy koʻrinishi, tamoyili deb karovchi falsafiy oqim. V. taʼlimotida insonning irodasi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Qad. davr falsafasidagi akl-idrok, ratsionalizmdan farqli oʻrta asr falsafasida, mas., A. Avgustin taʼlimotida iroda birinchi oʻringa chiqddi. A. Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin undan farqli ravishda irodaning aqlidrokdan ustunligini yoqlab chiqdi va bu b-nbilan Kant falsafasi, klassik falsafadan oʻzgacha yoʻl tutdi. F. Nitsshe ham Shopengauer taʼsirida falsafaning markaziga inson irodasini qoʻyadi. Lekin uning talqinida iroda hokimlikka intilishni bildiradi. Nitsshe hokimlikka erishish uchun irodani ishga solish inson faoliyatining hal qiluvchi hamda eng asosiy qobiliyatidir, deb talqin qiladi, mutlaq hokimlikka, hokimiyatga erishish uchun oʻta kuchli iroda egalari boʻlgan "oliy shaxoga sigʻinishni falsafiy asoslashga urinadi; 2) tarixiy jarayonlarning obʼektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik b-nbilan hisoblashmasdan, oʻzboshimchilik b-nbilan siyosat yuritish, oʻz xohish- irodasini hamma narsadan yuqori qoʻyish. V. sobiq Shoʻrolar davrida keng quloch yoydi. Oʻzboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
 
== Adabiyotlar ==