Yosh turklar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 1:
'''Yosh turklar''' — 19a. oxiri va 20a. boshlarida Usmonli turk imperiyasidagi inqilobiy harakat qatnashchilari, "Ittihod va taraqqiy" partiyasi aʼzolari. Yo. t. (ular dastlab oʻzlarini Yangi usmonlilar deb atashgan)ning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II (1842—1918)ning istibdodini konstitutsion tuzum
lar chiqarildi. Biroq 1909 y. apr.da Abdulhamid II Gʻarb davlatlarining yordamiga tayanib, istibdod siyosatini qayta oʻrnatdi. Makedoniyadan chaqirilgan armiya yordamida aksilinqilob tez orada bostirildi. Ammo 27 apr.da Abdulhamid II taxtdan tushirilib, Yo. t. Muhammad V Rashidni (hukmronligi: 1909—18) sulton deb eʼlon qildilar. Hokimiyatda asosiy oʻrinni Yo. t.ning yoʻlboshchilari Talʼat Posho, [[Anvar Posho]], Jamol Posho egallay boshladi. ItaliyaTurkiya urushi (1911 —12)da Turkiya yengilgach, 1911 y.da ittihodchilardan ajralib chiqqan muxolifatdagi "Hurriyat va iʼtilof" jamiyati bundan foydalanib, 1912 y. hokimiyatni egalladi. Lekin 1913 y. yanv.da boʻlgan harbiy toʻntarish natijasida Turkiyada yana Yo. t. hokimiyati toʻliq oʻrnatildi. Talʼat Posho, [[Anvar Posho]], Jamol Poshodan iborat triumvirat (uchlik) hokimiyatni boshqara boshladi. Ular turkchilik va islomchilik siyosatini izchil davom ettirib, tashqi faoliyatda Germaniyaga yaqinlashdilar. Turkiya Germaniya tomonida turib Birinchi jahon urushtz. tortildi. Turkiya Iroq, Hijoz va Misrda Angliyaga qarshi, Kavkaz va Eronda Rossiyaga qarshi jang harakatlarini olib bordi. Turkiya urushda yengilgach, Yo. t. hukumati isteʼfoga chiqdi. Jamol Posho va [[Anvar Posho]] keyinchalik Turkistonga kelishdi. Yo. t. faoliyati taqiklandi. Ad.: Ziyo Goʻkalp, Turkchilik asoslari, T., 1994; Rajabov Q. K., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.
|