Yoʻtal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Yoʻtal''' — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez nafas chiqarish harakati; nafas aʼzolarining himoyalanish-tozalanish reaksiyalaridan biri. Y. markaziy nerv sistemasi (Y. markazi uzunchoq miyada joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanganda, shuningdek, nafas yoʻllariga chang , toʻzon va b. yot narsalar tushganida Y. paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining "qichishishi"dan yoki bezovtalanish va zoʻriqishdan (asabiylashish tufayli) Y. yuzaga keladi. Y. vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, soʻng nafas muskullari taranglashadi, hiqildoqsagi ovoz yorigʻi esa berkiladi — koʻkrak boʻshligʻida yuqori bosim vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorigʻi orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim b-nbilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u oʻpkadan balgʻam yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi.
 
Y. uzun-qisqaligiga qarab xurujli (koʻkyoʻtalda), davriy (bronxitda), toʻxtovsiz, qisqa (plevritda); tovushiga koʻra — xirillagan (hiqildoq shikayet langanda va isteriya vaqtida), boʻgʻiq (tovush boylamlarining yalligʻlanishi va yaralanishida); balgʻam hosil boʻlishiga qarab — hoʻl (balgʻam keladi) va quruq boʻladi. Y. tez va qattiq tutganda koʻkrakni ogʻritishi, bemorni halloslatishi va hatto uyqu bermasligi mumkin. Mudom va bot-bot Y. tutishi oʻpka emfizemasi, yurak-oʻpka yetishmovchiligiga olib keladi. Y.ni bartaraf etish uchun vrachga murojaat qilish lozim.