Zaydiylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Zaydiylar''' — shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari, 8-a. oʻrtalarida paydo boʻlgan. Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, zodagonlar oʻrtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi b-nbilan atalgan. Mu-hammad al-Bokirning sustligidan norozi boʻlgan shialarning ichidan Zayd oʻz tarafdorlarini toʻplab, umaviylar hokimiyatiga qarshi 739 y.da isyon koʻtardi. Zayd 740 y. xalifa Hishom (724—743) qoʻshinlari b-nbilan boʻlgan jangda halok boʻldi. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlo-diga berishni talab qilib, xalifalar hokimiyatiga qarshi koʻp marta isyon koʻtardilar.
 
864 y.da 3. qoʻzgʻoloni Shim. Eronda gʻalaba qilib, mustaqil davlat vujudga keldi. Tabariston, Daylom, Gilon viloyatlarini oʻz ichiga olgan bu mus-taqil davlatdagi 3. imomlari 300 y.cha hukmronlik qilganlar. 901 y.da 3. Yamanda ham hokimiyatni qoʻlga kiritib, mustaqil davlat tuzdilar. Yamanda 3. hukmronligi 1972 y. 26 sent. inqilobigacha, yaʼni Yaman respublika deb eʼlon qilinguncha davom etdi.
 
3. Zaydni soʻnggi 5-imom x.isoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular oʻz aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar oʻrtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yoʻlini tutadilar. 3. yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Us-mon)ni laʼnatlamasliklari, taqiyya prinsipini va mutʼa (yoki siygʻa) nikohini inkor etishlari b-nbilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sigʻinishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari b-nbilan sunniylardan ajralib turadilar. Oʻz aqidalarida moʻʼtaziliylardan iroda erkinligi va Kurʼonni Alloh yaratganligini, xorijiylarlzm esa diniy eʼtiqodni amaliy faoliyat b-nbilan mustahkamlash qoidasini qabul qilib olganlar. Hozirgi Yaman aholisining yarmidan koʻprogʻi 3. firqasiga mansub. 3. Saudiya Arabistonida, Pokiston va b. davlatlarda ham bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==