Zomin tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Zomin tumani''' - Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan (1962 y. 24 dek.da Jizzax tumani b-nbilan birlashtirilgan, 1964 y. 31 dek.
 
da qayta tuzilgan). Shim.da viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shim.-sharqda Yangiobod tumani, jan.-sharqda Tojikston Respublikasi b-nbilan chegaradosh. Mayd. 2,87 ming km2. Aholisi 120 ming kishi (2001). 3. t. da 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fu-qarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Chorvador, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Markazi — Zomin shaharchasi.
 
Tabiati. 3. t. ning shim., markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, jan.-gʻarbi qir, adir va togʻlardan iborat. Yer yuzasi shim. dan jan.ga tomon koʻta-rilib boradi. Ikdimi keskin konti-nental, yozi issiq, quruq, qishi bir oz sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi — 1,5°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 350—360 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Adir qismi qumtosh, qum, mergel, lyosslardan tuzilgan, usti chaqirtoshlar b-nbilan qoplangan. Jarlar va yezda qurib qoladigan soylar bor. Bahorda soylar toʻlib oqadi. Shim. va markaziy adirlarning tuprogi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproklardan, jan. qismidagi adirlar gipsli och boʻz tuproklardan tarkib topgan. Tekisliklarda boʻz, qoʻngʻir tuproq. Tuman hududidagi Zo-minsoy daryosi, Achchisoy, Peshagʻarsoy, Uvolsoy, Turkman, Jaloir, Xoʻjamushkentsoydan sugʻorishda foydalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shoʻra, shuvoq, yantoq, kovrak, oqquray va b. oʻsadi. Jan. togʻli qismi (Turkiston togʻi)da qalin archazorlar, tabiiy oʻrmonlar bor. 3. t.da Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Zomin xalq bogʻi joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, buri, silovsin, chiyaboʻri, tulki, kiyik, arhar, qushlardan burgut, lochin, qirgʻovul, kaklik, oʻrdak yashaydi. Suv havzalarida baliq turi koʻp.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar. Shuningdek, qirgʻiz, rus, tatar, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 42 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 23 ming kishi.