Buryatiya: Versiyalar orasidagi farq

10 bayt qoʻshildi ,  9 yil oldin
k
imlo
k (imlo)
k (imlo)
Tarixi. B. hududidan yuqori paleolit davriga mansub arxeologik yodgorliklar topilgan. Oʻsha davrda odamlar ibtidoiy jamoa tartibida yashab, ovchilik bilan shugʻullangan. Neolit davriga kelib oʻqyoy paydo boʻlgan, kulolchilik rivojlangan. Mil. av. 3-a.dan mil. 11-a.gacha boʻlgan davrda B.da koʻchmanchi jamoalar hamda ilk feodal davlatlarning qabila uyushmalari (xunnlar, jujanlar, uygʻur, qirgʻiz va kidanlar) birinketin hukm surib turgan. Asosiy buryat qabilalari — bulagʻat, exirit vaxorinslar 13-a.dan avvalroqshu yerlarda yashagan. Buryatlar xoʻjaligini asosan chorvachilik tashkil etgan. Baʼzi aymoqlarda dehqonchilik, ovchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar. 17-a.da B.da birinchi bor rus kazak otryadlari paydo boʻldi. Bu yerlarda harbiy istehkomlar qurila boshlanib, shu munosabat bilan Rossiyadan davlat xizmatidagi kishilar, sanoat ishchilari, rus dehqonlari (mujiklar) koʻchib kela boshladilar. 17-a. oʻrtalarida Gʻarbiy B., keyinroq uning qolgan kismi Rossiya tarkibiga qoʻshib olindi. 20-a. boshlarida chorizmga qarshi harakat avj oldi. 1918 y. fev.da Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yilning avg .da Yaponiya va 1919 y. apr.da Amerika qoʻshinlari bosib oldi. 1920 y. martida xalq lashkarlari shoʻro armiyasi yordamida B.ni ozod kildi. Natijada 1921 y. 27 apr.da BuryatMongol, 1922 y. 9 yanv.da MongolBuryat muxtor viloyatlari paydo boʻldi. 1923 y. 30 mayda ular birlashtirildi va RSFSR tarkibida BuryatMongol ASSR tashkil topdi. 1958 y.dan Buryatiya ASSR, 1991 y.dan B. Respublikasi deb nomlandi. 1990 y. okt.da B.ning davlat suvereniteta haqidagi deklaratsiya kabul qilindi.
 
Xoʻjaligi. B.da mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi8, Mi17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya i. ch. birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir z-dizavodi), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi "Teplopribor" z-dizavodi), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar ("Buryatfermmash" birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati ("Zabaykalles" konserni, Selenga sellyulozakarton k-ti), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar z-dizavodi) korxonalari bor. Yengil sanoatda "UlanUde manufakturasi" aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fkasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya z-didazavodida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio z-didazavodida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr st-yasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr st-yasi bor.
 
Q. x.da mayin junli qoʻychilik, goʻsht-sut, goʻsht chorvachiligi yetakchi tarmoqlardir. Qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, hayvonotchilik, bugʻuchilik hamda moʻynali hayvonlarni ovlash rivojlangan. B. jan.da va Barguzin daryosi vodiysida dehqonchilik qilinadi; donli ekinlar, asosan bahori bugʻdoy, suli va arpa ekiladi. Asosiy transport turi — t. y. (uz. 1200 km, yuk aylanmasining 80%). B. jan.dan Transsibir t. y., shim.dan BaykalAmur magistrali (BAM) oʻtadi. Respublika hududining har 10 ming km2ga 34 km t. y. toʻgʻri keladi. T. y. UlanUdeni Mongoliyaning UlanBator va XXRning Pekin sh.lari bilan bogʻlaydi. Avtomobil yoʻllari uz.— 9530 km. UlanUde sh.da aeroport bor. Baykal koʻlida, Selenga, Barguzin va Yuqori Angara daryolarida kemalar qatnaydi. Baykal boʻyida turizm yoʻlga qoʻyilgan. Zabaykalye va Tunkin tabiiy milliy bogʻlari barpo etilgan.
516 159

ta tahrir