Gvatemala — versiyalar orasidagi farq

2 bayt qoʻshildi ,  7 yil oldin
k
imlo
k (Boshqa maʼnolari qoʻshildi)
k (imlo)
da asos solingan; G. respublikachilar fronti, 1994 y.tuzilgan; Milliy ozodlik harakati partiyasi, 1960 y. tuzilgan. G. kasaba uyushma muxtor federatsiyasi, 1957 y. tuzilgan; Kasaba uyushma birligi milliy qoʻmi-tasi, 1976 y.da asos solingan; Kasaba uyushmalari milliy fronti, 1968 y. tashkil etilgan; Mehnatkashlar milliy kasaba uyushma markazi, 1972 y. tuzilgan; G. kasaba uyushma kengashi, 1955 y.da asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi .
 
Xoʻjaligi. G. — qoloq agrar mamlakat, iktisodiyoti tropik oʻsimlik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan. Yalpi ichki mahsulotda q. x., oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 26%, sanoatning ulushi 15%. Mamlakat aholisining 2,5% ekinzorlarning 85% ga egalik qiladi. Asosiy ekini kofe, paxta, shakarqamish, banan; shuningdek abaku, efir moyli ekinlar, tamaki ham yetishtiriladi. Asosiy oziqovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kartoshka, loviya, sabzavot. Chorvachilik 2darajali ahamiyatga ega. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Qimmatbaho yogʻoch (balsa, bakaut va b.) turlari, chikle smolasi tayyorlanadi. Sanoati zaif rivojlangan. Rux, volfram, surma, qoʻrgʻoshin, nikel, simob, kumush, oz mikdorda neft (mamlakat ehtiyojining 25%) qazib olinadi. Oziq-ovqat, koʻnchilik, toʻqimachilik, neft kimyosi, binokorlik materiallari korxonalari bor. 2,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eskuintle va Puerto-Barrios yaqinidagi neft mahsulotlari z-dlarizavodlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Hunarmandchilik rivojlangan. T.y. uz. — 819 km, avtomobil yoʻllari uz. — 17,3 ming km. Panamerika avtoyoʻli G. orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Puerto-Barrios, San-Xose, Champeriko. Gvatemala sh.da xal-qaro aeroport bor. G. chetga kofe, paxta, banan, qand-shakar, goʻsht, yogʻoch, binokorlik materiallari va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, avtomobillar, asbob-uskuna, neft keltiriladi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari, Yaponiya, Meksika b-n savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — ketsal .
 
Maorifi, ilmiy va madaniy muassasalari. Boshlangʻich maktablar huzurida bolalar bogʻchalari va maktabgacha tarbiya boʻlimlari bor. Boshlangich taʼlim 6 y.
516 159

ta tahrir