Hunarmandchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
H. insonning i.ch. faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va b.)ga ajraldi. H. qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (mas, Rishton-da) kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlikgmaʼdanlarga boy yerlarda metall i.ch. va temirchilik, dengiz va daryo boʻylarida kemasozlik va b. rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda H.ning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan H.; 3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan H. Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar boʻlgan davrlarda H.ning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. H.ning bu turi natural xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan H. mahsulotlari tayyorlash va bozorga H. mahsulotlari i.ch.ning jadal oʻsishi bilan uzviy bogʻ-liq. Natijada H. mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan H. ning yangi-yangi turlari vu-judga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan (mas, 20-a.ning boshlarida Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan). Ayrim mahalla, kvartal, shahar, oʻlkalar H.ning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.
 
H. tovar — pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi. Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamgʻarilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik z-dzavod va f-kalar vujudga keldi, bu korxonalarda kambagʻallashgan hunarmandlar yollanib ishlay boshladi. Natijada H.ning rivoji bozor iqtisodiyotining kapitalistik shaklini yuzaga keltirdi. H. Yevropa shaharlarida sanoat rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshdi (toʻqish dastgohlari takomillashdi, 14-a. oʻrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʻlishi metallurgiyapa jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. 14—15-a.larda oʻq otar qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik i.ch. munosabatlari H.ning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi, H.ning koʻpgina sohalari tush-kunlikka uchradi. Sanoat toʻntarishi oqibatida tez va arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan f-ka, z-dzavod mahsulotlari H. mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi.
 
Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan H. sohalari-gina (tikuvchilik, etikdoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, oʻymakorlik va b.) saqlanib qoldi.
Qator 21:
Oʻzbekiston Rossiya mustamlakasiga aylangach, H. metropoliya sanoatining raqobatiga duch kelib, oʻzining ilga-rigi mavqeini yoʻqotgan boʻlishiga qaramay, uning koʻp tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u milliy ehtiyojni qondiradigan tovarlarni, chunon-chi, kiyim-kechak, idish-tovoq, turli uy-roʻzgʻor buyumlari, mayda mehnat qurollarini yaratib, ularni mahalliy bozorga yetkazib berdi. H.ning yashovchanligini taʼminlashda chet eldan keltirilgan xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol oʻynadi. Mas, AQShdan keltirilgan teri boʻyogʻidan foydalanib koʻnchilar amirkon deb nomlangan yupqa charm ishlab chiqara boshladi. Shu munosabat bilan amirkon etik, mahsi va kovushlar paydo boʻldi. Germaniyadan "Zinger" firmasining tikuv mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng yoyildi.
 
20-a.ning 20-y.larida shoʻrolar hokimiyati qaror topishi bilan hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, z-dzavod, f-kalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar doʻkonlar va matlubot kooperatsiyasi orqali sotiladigan boʻldi. Isteʼdodli hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak sanʼati rivojlantirildi (mas, 30-y.larda Toshkentda oʻquv- i.ch. kombinati tashkil etilib, yosh hunar-mandlar unda taʼlim oldilar, 1968 y.da Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 y.da Qoʻqonda yogʻoch oʻymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi).
 
Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng H. rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. Oʻzbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunar-mandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi H. korxonalari ochildi. H. faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. H.ning tashkiliy shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 y. 24—25 okt.