Industrial oʻsish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Industrial oʻsish''', industrial ravnaq, industriyalash — mamlakat xalq xoʻjaligining hamma sohalarida, ayniqsa sanoatda qudratli mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni; sanoat, ogʻir sanoatning ilgarilab yuksalib borishi. I. oʻ. mamlakat iqtisodiyotida sanoat mahsulotlarini i. ch. ning ustun boʻli-shi, agrar yoki agrarindustrial mamlakatning industrialagrar yoki industrial rivojlangan mamlakatga aylanishini taʼminlaydi. I. oʻ. mamlakat xalqxoʻjaligi taraqqiyotini ifodalovchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Bu obʼyektiv qonuniyat boʻlib, sanoat siyosatining mahsulidir. I. oʻ. ikti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. I. oʻ. ning oʻziga xos xususiyati, surʼati, mablagʻ manbalari, maqsadlari va ijtimoiy oqibatlari har bir mamlakatning tarixiy va iqtisodiy shartsharoitlari, hukmron ishlab chiqarish (mulkchilik) munosabatlari bilan belgilanadi. I. oʻ. ni ifodalovchi asosiy belgi — bu xalq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi boʻlgan ogʻir sanoatning yuksalishidir. Ogʻir sanoat i.ch. vositalari — metall, koʻmir, neft, gaz, elektr energiyasi; i.ch. kurollari, mashina va mexanizmlar, turli jihozlar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqaradi.
 
I. oʻ. dastlab 18-a. ning oxiri va 19a. ning 1 -choragida dastlab Bukj Britaniyada, soʻngra Yevropaning boshqa mamlakatlari va AQSH da yuz bergan sanoat toʻntarishi davomida amalga oshirildi. 18-a. 60—70-y. larida Angliyaning toʻqimachilik sanoatida dastlab yigiruv, soʻngra toʻquv mashinasi kashf etildi va ular gazlama chiqaradigan korxonalarda qoʻllanildi. Sanoat rivojlanishi davomida mayda tovar i.ch. va qoʻl mehnatiga asoslangan manufakturani siqib chiqargan f-ka — z-dzavod tipidagi sanoat paydo boʻldi, oʻsha davr rivojida mashinalar davrini boshlab berdi. Tarixiy tajribalarning koʻrsatishicha, I. oʻ. odatda, yengil sanoatdan boshlanadi, bu soha ogʻir sanoat tarmoqlariga qaraganda kapital quyilmalarni kamroq talab etadi, kapitalning ayla-nuvchanligi tez boradi va foyda koʻp olinadi. I. oʻ. ning birinchi bosqichida yengil sanoatning ustun oʻsishi AQShda 19-a. ning 1-yarmida, Rossiya va Yaponiyada 20-a. ning boshlariga qadar davom etgan.
 
19-a. ning 2-yarmi koʻpgina mamlakatlarda yirik mashinalashgan i.ch. ning ulkan oʻsishi bilan tavsiflanadi. I.ch. vositalarini i.ch. isteʼmol buyumlarini i.ch. ga nisbatan yetakchi oʻrinni egalladi. Bu esa kengaytirilgan takror i.ch. ning zaruriy sharti edi.
Qator 13:
Oʻzbekiston hududida I. oʻ. ning boshlanishi 20-a. ning 20—30-y. lariga toʻgʻri keladi. Bu davrda respublikada neft, elektr energiyasi, q.x. mashinalari, mineral oʻgʻitlar va qurilish materiallari i.ch. ga asos solindi. Sanoatda industrial iqtisodiyotiga xos yangi proporsiyalar yuzaga keldi. 1940 y. umumiy sanoat mahsuloti hajmida ogʻir sanoatining oʻsishi 13,3% ga koʻtarildi (1913 y. da 2%).
 
2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga Rossiyaning gʻarbiy r-nlaridan 100 ga yaqin yirik sanoat korxonalari tuda yoki qisman koʻchirib keltirildi; bular orasida samolyotsozlik, elektr-texnika z-dlarizavodlari, metallurgiya kombinati va q. x. mashinasozlik korxonalari va b. bor edi. 20-a. ning 50-y. lari boshida Oʻzbekistonda I. oʻ. nafaqat ogʻir sanoatning rivoji, balki q. x., yengil va oziq-ovqat sanoatning taraqqiyoti bilan ham chambarchas bogʻliq boʻlgan oʻsishga aylandi. Bu davrda ham sanoatning ayrim sohalari yuzaga keldi, shakllandi va rivojlandi.
 
20-a. ning 90-y. lariga kelib, ayniqsa mustaqillikning dastlabki yillarida, barcha postsovet davlatlarida boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham eski respublikararo xoʻjalik aloqalarining uzilishi, yangilarining hali shakllanib ulgurmaganligi va bozor iktisodiyotiga oʻtish munosabati bilan chuqur tuzilmaviy qayta qurishlarni amalga oshirish zaruriyati tufayli I. oʻ. da bir qator qiyinchiliklarga roʻbaroʻ kelindi. Chuqur oʻylangan islohotlar strategiyasi tufayli keyingi yillarda I. oʻ. da ancha tez surʼatlarga erishildi. Mac, 1999 y. da sanoat mahsuloti i. ch. 5,8% ga, 2000 y. da 6,4% ga, 2001 y. da esa 8,1% ga koʻpaydi. I. oʻ. tufayli mamlakat energetika, oziq-ovqat boʻyicha mustaqillikka erishdi. Bunday oʻsish 21-a. bo-shiga kelib Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotida munosib oʻrin egalla-shiga imkoniyat yaratdi. Respublika sa-noatida 1645 ta oʻrta va yirik i. ch. birlashmalari va korxonalari ishlaydi (2000).