Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 37:
Xoʻjaligi. I. — agrar-industrial mamlakat. I. baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ning ulushi 20,3% ni tashkil etadi.
 
Sanoati. Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. I.-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21—26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari koʻp. Toʻqimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik z-dizavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar z-dizavodi, Qut al-Amarada ip gazlama k-ti, Bagʻdodda elektronika asbob-uskunalari z-dizavodi va tikuvchilik f-kasi, Ramodida oyna z-dizavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.
 
Qishloq xoʻjaligi. Q.x.ga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bugʻdoy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bogʻdorchilikham rivojlangan. 1990-y. largacha I. hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-oʻrinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga toʻgʻri kelar edi. Biroq I. qa qarshi jazo choralari q.x. ga ham asoratli taʼsir qildi. Jumladan, 1990 y. ga nisbatan 2000 y. da ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bugʻdoy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajoʻxori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qoʻy, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.