Chexoslovakiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Chexoslovakiya''' (Ceckoslovensko) - Markaziy Yevropadagi davlat (1993 y.gacha mavjud boʻlgan). 1918 y. AvstriyaVengriya imperiyasining parchalanishi natijasida chex va slovak xalkdari yerlarida tashkil boʻlgan. 1938 y. okt. — 1939 y. martda Germaniya tomonidan bosib olingan. 1945 y. mayda Ch. hududi ozod etilgach, yagona, mustaqil davlat sifatida qayta tiklandi; 1948 y. xalq demokratik respublikasi deb eʼlon kilindi. Hokimiyat tepasida Chexoslovakiya KP turgan (1989 y.gacha). 1960— 1990 y. martda Ch. Sotsialistik Respublikasi (CHSSR) deb ataldi. 1968 y.da avj olgan jamiyatni demokratik yangilash jarayoni 1968 y. avg .da Varshava shartnomasi tashkiloti aʼzolari boʻlgan 5 davlat (SSSR, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Polsha) qoʻshinlari tomonidan barbod etildi. 1990 y.dan Ch. federativ davlat sifatida Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi (CHSFR) nomida boʻldi. 1992 y. noyab.da CHSFR parlamenti 1993 y. 1 yanv.dan chexoslovak federatsiyasi tugatilganligi va u Chexiya hamda Slovakiya respublikalariga ajratilganligi toʻgʻrisida federal qonun qabul qildi. CHECHAK, chin chechak — odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli kasalligi. Oʻtmishda yer yuzidagi barcha mamlakatlarda keng tarqalgan boʻlib, u haqdagi dastlabki maʼlumotlar Kds. Misr va Xitoy qoʻlyozmalarida uchraydi, keyinroq yunon va rimlik vrachlarning asarlarida qayd etilgan. Oʻrta asrlarda Roziy "Chechak va qizamiq haqida kitob" ("Kitob aljudariy valhasba") nomli asar yaratib, tibbiyot tarixida birinchi marta Ch.ni taʼriflab berdi va Ch.ga qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amadda qoʻlladi. Ch.ning oldini olish haqidagi fikrlar Ibn Sino asarlarida ham ilgari surilgan. 1796 y.ga kelib Yevropada ingliz vrachi E. Jenner chechakka qarshi emlashni taklif etganidan soʻnggina Ch. ancha kamaydi.
 
CH.ni filtrlanuvchi viruslar qoʻzgʻatadi. Infeksiya manbai — bemor. Virus havo (chang , bemor aksirganda, yoʻtalganda) va bemor buyumlari (kiyimkechak va h.k.)dan oʻtadi. Kasallik oʻtkir boshlanadi. Gavda trasi birdan koʻtarilib, bosh ogʻriydi, et uvishib koʻngil ayniydi va bel, dumgʻaza atrofida ogʻriq paydo boʻladi. Bemorning pulsi tezlashib, tili quruqshaydi, karashlanadi. Tomoq, burun, halqum shilliq qavatlari qizarib yalligʻlanadi. Shu davrda ayrim bemorlarning qorin pasti, sonining ichki tarafiga qizamiq yoki qizilcha toshmasiga oʻxshash toshmalar toshadi. 3—4 kundan soʻng bemorning ahvoli birmuncha yaxshilanib, keyin yana ogʻirlashadi. Bu davrda peshona, soch, yuz, qoʻl panjasida haqiqiy Ch. toshmasi — mayda dogʻga oʻxshash toshmalar paydo boʻladi, ertasiga ular qizgʻish tugunchalar (papula)ga aylanib, butun badanga tarqaladi. Keyin tugunchalardan pufakchalar (vezikula) hosil boʻladi va yiring boylaydi. Kasallikning 10—13kuni yiringli toshmalar qurib, qoraqoʻgir boʻladi. 18—20kuni ular tusha boshlaydi va oʻrni chandiqlana boradi, bemorning ahvoli birmuncha yaxshilanadi. Ogʻir kechadigan aralash Ch.da toshmalar birbiriga qoʻshilib ketadi. Gemorragik Ch. ("qora Ch." yoki Ch. purpurasi) da toʻqima va aʼzolarga qon quyiladi. Ch.ning toshma toshmaydigan, isitmasiz kechadigan shakllari farq qilinadi.
 
CH.ning oddini olish uchun bemor Ch.ga qarshi emlanadi va b. choratadbirlar koʻriladi. 1980 y. Jahon Sogʻliqni Saqlash assambleyasining 33 sessiyasida yer yuzida chin chechak butkul tugatilganligi rasmiy ravishda eʼlon qilindi.
 
Chorva mollarida Ch. zaharlanish, isitma va teriga toshmalar toshishi bilan kechadi. Ch. qoʻzgʻatuvchisi Poxviridae oilasiga mansub 7 turkum viruslari. Har bir hayvon turida Ch.ni qoʻzgʻatadigan oʻziga xos viruslari bor. Mac, qoʻy Ch.da koʻz, burun zararlanadi, sigir Ch.da sogʻim kamayadi, yelinda va tananing boshqa qismlarida toshmalar paydo boʻladi, qushlarda teri va ichki aʼzolar zararlanadi. Kasal boʻlib tuzalgan hayvonlarda turgʻun immunitet hosil boʻladi. Kasallik kasal hayvon bilan sogʻlom hayvon bir joyda sakdanganda, virus bilan zararlangan ozuqa, suv va b. orqali yuqadi. Viruslar atrof muxitda bir necha oygacha saqlanadi. Qish oylarida yosh xamda nimjon oʻsgan chorva mollari koʻproq va ogʻirroq kasallanadi; ularning maxsuldorligi pasayadi, terisi yoriladi, ayrim hayvonlar nobud boʻladi. Tashhis klinikepizootologik va epidemiologik maʼlumotlar, lab. tekshiruvlari natijalari asosida qoʻyiladi.
 
Davolash: gammaglobulinlar, antibiotiklar, malham dorilar, glitserin yoki antiseptik vositalarni qoʻllash.
 
Oldini olish: umumiy sanitariyaveterinariya qoidalariga rioya qilish; hayvonlarda emlash yoʻli bilan immunitet hosil qilish; kasallikka chalingan mollarni alohida saqlash va b.
 
{{stub}}