Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 7:
J. tolasi yetishtirish hajmi dunyoda ishlab chiqariladigan oʻsimlik tolalari ichida paxta tolasidan keyin 2-oʻrinda turadi. J.ning quruq poyasi (poʻstlogʻi)dan 20—25% yuqori gigroskopik pishiq tola chiqadi. J. tolasidan toʻqimachilik mahsulotlari, gilamlar, qop, arqon, texnik va oʻrov gazmollari, jun, paxta tolalari bilan aralash tolalaridan kiyim-kechak gazmollari tayyorlanadi. Hindistonda J. bargi ovqatga ishlatiladi. J. urugʻidan moy, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan glikozidlar olinadi.
 
Almashlab ekishda beda, dukkaklidon ekinlaridan keyin 28—30 sm chuqurliqsa kuzgi shudgor qilingan maydonlarga ekiladi. Oʻgʻitlash normasi: 10—20 t/ga goʻng , 90—120 kg/ga azot va R2O5, 60—90 kg/ga K2O. Tola olish uchun qoʻsh qatorlab 60x12—13, 50x20 sm sxemada ekiladi. Urugʻ 3—4 sm chuqurlikka koʻmiladi. Gektariga tola uchun 12—14, urugʻ olish uchun 6 kg urugʻlik sarflanadi. Vegetatsiya davomida 5—8 marta sugʻoriladi, qator oralari yumshatiladi, oʻtoq qilinadi, oziqlantiriladi, sugʻorish normasi 5000—7000 m3/ga. Texnik jihatdan yetilgan, 50% oʻsimlikda 1—2 koʻsakcha hosil boʻlganda tola uchun oʻriladi, maxsus mashinalarda poʻstlogʻi ajratib olinib, dalada quritiladi va lub (kanop) z-dlarigazavodlariga topshiriladi.
 
Hosildorligi 90—100 s/ga (quruq poya hisobida), 10—14 s/ga tola, 3—6 s/ga urugʻ. MDH davlatlarida faqat Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida (50y.larda qisman Tojikiston va Turkmanistonda ekilgan) yetishtiriladi (respublikada 90-y.larda J. ekin maydoni 1000 ga atrofida).