Kigali: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Kigali''' — Ruanda poytaxti. Kigali prefekturasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning markaziy qismida joylashgan. Aholisi 400 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). Iyul va avg . oylari quruq mavsumli ekvatorial mussonli iqim, oʻrtacha oylik t-ra 20—21°; yillik yogʻin 1000 mm dan ortiq.
 
K. — mamlakatning savdo va sanoat markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari tuguni. Shosse yoʻllari orqali Uganda, Burunli va Tanzaniya davlatlari bilan bogʻlangan. Oziqovqat (kofe, choyni qayta ishlash, pivo pishirish, alkogolsiz ichimliklar tayyorlash), koʻn poyabzal va toʻqimachilik (ip gazlama) sanoati korxonalari; mebel, gugurt f-kalari; metallkonstruksiyalar z-dizavodi, avtomobil remonti ustaxonalari bor. Shahar atrofida kofe, choy plantatsiyalari; qalay eritish korxonasi joylashgan.
 
K. 1898 y.dan Germaniya rezidentining Ruandadagi qarorgohi boʻlgan. 1908 y.da qarbiy post tuzilgan. 1922 y.dan Belgiyaning Ruanda-Urundi mandatidagi, 1946 y.dan vasiyligidagi hududining maʼmuriy markazi. 1962 y.dan mustaqil Ruanda poytaxti.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>