Kolombo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
K. toʻgʻrisida dastlabki maʼlumot u yerga 1346 y.da kelib ketgan arab sayyohi Ibn Battuta asarlarida uchraydi. Oʻrta asrlarda shahar Kolontata nomi bilan mashhur boʻlgan. 16-a.da Hind okeani havzasidagi muhim savdo markazlaridan edi. Portugaliyaning mustamlakachilik yillarida harbiy fort (qalʼa) boʻlgan. 17-a.da gollandlar qoʻliga oʻtdi. 1796 y.da inglizlar bosib olgan va 1802 y.dan Angliya mustamlakasi — Seylonning maʼmuriy markazi. 1948 y.dan mustaqil Seylon davlatining , 1972 y. dan Shri Lanka Respublikasining poytaxti. 1985 y.dan mamlakatning yangi poytaxti — Shri-Jayavardenapura-Kotte sh. qurilmokda.
 
K. — mamlakatning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Hind okeanining muhim dengiz yoʻllari kesishgan joyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. K. va uning atrofida mamlakatdagi sanoat korxonalarining 1/2 qismi joylashgan. Oziq-ovqat, kauchukni qayta ishlash, kemasozlik va kema remontni korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Shahar yaqinida shina z-dizavodi, metallurgiya z-diningzavodining prokat sexi; sunʼiy gavanda quruq dok, neft saqlanadigan va b. omborlar qurilgan.
 
K.da davlat un-ti, Vidyalankara budda un-ti, texnika, nafis sanʼat kollejlari, Milliy muzey, jamoat kutubxonasi, i.t. institutlari, sanʼat galereyasi va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklardan ibodatxonalar saqlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>