Qusantina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Konstantina''' - Jazoirning shim.-sharqiy qismidagi shahar. Konstantina viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-y.lar boshlari). T.y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik savdo-sanoat markazi, don va boshqa q.x. mahsulotlari bozori. Traktorsozlik, stanoksozlik z-dizavodi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda qoʻlda gilam toʻqiladi, poyabzal va charmdan turli buyumlar tayyorlanadi.
 
Shaharga mil. av. 3-a.da asos solingan. Mil. av. 3-a. oxiri va 2-a.larda Numidiylar qirolligi poytaxti boʻlgan va Sirta (Kirta) deb atalgan. Mil. 311 y.da rimliklarga qarshi qoʻzgʻolonni bostirish vaqtida vayron qilingan. Shahar 313 y.dan uni qayta tiklagan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atala boshlagan. 7-a.dan boshlab turli arab davlatlari tarkibida, 16-a.da turklar qoʻl ostiga oʻtdi. 1837 y.da Fransiya qoʻshinlari tomonidan egallandi. Shahar jazoirliklarning mustamlakachilikka qarshi ozodlik harakatlarining muhim markazlaridan boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (11-a.), Madrasa va maqbaralar (18-a.), Ahmadboy saroyi (19-a.), un-t majmuasi (20-a.) va b. saqlangan. Badiiy hunarmandchilikning qad. markazi. Muzey bor. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>