Lokomotiv: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Lokomotiv''' (lot. loco moveo — joyidan quzgʻataman) — temir izlar (t.y.)da ayrim vagonlar yoki poyezdlarni tortib yurishga muljallangan transport vositasi. Dizel-poyezdlar, turbopoyezdlar, elektrpoyezdlar tarkibiga kiradigan motorli vagonlar hamda avtodrezina va motodrezinalar ham L. vazifasini oʻtaydi. Lekin motorli vagonlar va drezinalarda yoʻlovchilar va yuk tashish uchun oʻrinlar va joylar boʻladi. Umuman t.y.dagi barcha tortish vositalari L. hisoblanadi. Dastlabki L. 19-a. boshida Buyuk Britaniyada, keyinchalik (1834) Rossiyada (parovoz) yasalgan va deyarli 1 a. mobaynidat.y.da yagona tortish vositasi hisoblangan. 20-a. boshida parovozlarni ancha takomillashgan teplovoz va elektrovoz siqib chiqara boshladi.
 
Bajaradigan ishiga qarab, L.lar magistral va sanoat L.lariga bulinadi. Magistral L.lar umumiy foydalaniladigan t.y.da, sanoat L.lari esa z-dlarzavodlar, konlar, shaxtalar, qurilish maydonlari va b.da ishlatiladi. Magistral L.ning yuk tashiydigan va yoʻlovchi tashiydigan poyezdlarni tortish uchun, manevr qilish (poyezdlar tuzish), vagonlarning oʻrnini almashtirish uchun muljallangan xillari bor. L. ensiz va enli izlarda yurish uchun ham moʻljallab ishlab chiqariladi.
 
Birlamchi energiya manbai turiga qarab, L. issiklik va elektr L.lariga boʻlinadi. Issiklik L.lari — parovoz, teplovoz, motovoz, gaz-turbovoz. Bularda energiya ishlab chiqaradigan alohida (xususiy) kuch qurilmasi boʻladi. Elektr L.lari kontakli va akkumulya-torli elektrovozlardan iborat. Parovozni bugʻ mashinasi, teplovoz va motovozni inki yonuv dvigatel, gaz-turbovozni gaz turbinasi, elektrovoz va elektr poyezdni elektr dvigateli va akkumulyator harakatlantiradi. Asosiy L.lardan tashqari har xil aralash L.lar ham bor: dizel-elektrovozlar, teplovozlar, kontaktli-akkumulyatorli elektrovozlar va b. (bular unchalik keng tarqalmagan). Hozir, asosan, teplovoz va elektrovozlardan foydalaniladi, tezligi 200 km/soatdan oshadigan aviatsiya gaz turbinali turbovozlar (Angliya, Rossiya), magnit va havo yostiqli L. (tezligi 500 km/soat gacha) yaratilgan (Yaponiya), yoqilgʻi elementlar va yadro reaktorlardan foydalanib ishlaydigan energetik qurilmali L. loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>