Lub — versiyalar orasidagi farq

2 bytes added ,  7 yil oldin
k
imlo
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (imlo)
Bunday naychalar hujayralari tirik boʻlib, ularda moddalar almashinuvi roʻy beradi. Hujay-ralar orasidagi toʻsiqlarda hujayralarni bir-biri bilan bogʻlab turadigan elaksimon plastinkalar mavjud. L.ning parenxima hujayralarida zaxira va chiqindi moddalar (kraxmal, oqsil, oshlovchi moddalar, kauchuk, alkaloidlar, efir moylari va b., shuningdek, mineral tuzlar) qatlami hosil boʻladi. L. tolalari qalin pusti choʻziq hujayralardan iborat boʻlib, mexanik funksiyani bajaradi. Ular odatda, lub tolalari deb ataladi. Birlamchi vaikkilamchi L. ajratiladi. Birlamchi L., odatda, toʻrsimon va lub parenximasidan iborat boʻlib, boshlangʻich tuzuvchi toʻqima — prokambiydan vujudga keladi. Birlamchi L., asosan, qirqquloklar, plaunlar, qirq-boʻgʻimlar, yopiq urugʻlilardan birpallalilarda boʻladi. Ikkilamchi L. koʻproq ochiq urugʻli va ikki urugʻpallali oʻsimliklarda, birlamchi L.ga qoʻshimcha holda vujudga keladi. Koʻp daraxtlarda L.ning eski qismlari yosh qismlaridan ajralib qolib, asta-sekin daraxt poʻstlogʻiga aylanadi va vaqt oʻtishi bilan nobud boʻladi.
 
Baʼzi oʻsimliklarda L. toʻqimasi juda rivojlangan boʻlib, qoʻshni tuqimalardan osongina ajraladi. Undan pishiq tola olsa boʻladi. Kanop, jut, zigʻir, nasha va b. tolali oʻsimliklarning poʻstloq qismida uzun L. tolalari joylashgan. Tolalarni ajratib olish uchun oʻsimliklarning poʻstlogʻi (mas, kanop oʻsimligi poʻstlogʻi) poyadan mashinalar yordamida shilib olinib quritiladi va L. z-dlarigazavodlariga topshiriladi. U yerda maxsus texnologiya boʻyicha ishlanib, tolalar ajratib olinadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
516 159

ta tahrir